FIZIKA VA KIMYo FANIDAN OÇIQ ÖQUV MAŞĞULOTI ÖTKAZILDI
Maktablarda ötkaziladigan oçiq öquv maşğulotlari taʼlim samaradorligi va öquvçilardagi özlaştiriş darajasini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
21-may kuni 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabida fizika va kimyo fanlaridan oçiq dars taşkil etildi. Öquvçilar darsda ötilgan mavzular yuzasidan savollar berib, mavzular böyiça krossvord yeçdilar. Öqituvçi tomonidan fanlarga oid mantiqiy savollar berildi. Bundan taşqari, öquvçilar kimyo va fizika faniga oid şeʼrlar ham aytişdi. Kimyo fanidan öquvçilar tomonidan laboratoriya tajribalari ötkazildi.
7-“A”sinfdan U.Davidov vodorod olinişi tajribasini, A.Qodirov neytrallaniş reaktsiyasini namoyiş etdi. S.Ozodboyeva tuxumning sariğini oqidan ajratib berdi.
Fizika fanidan ham öquvçilar qiziqarli maşğulotlar körsatişdi. S.Omonboyev va M.Nurimbetovalar kemaning suvda erkin suzişini, yonmas römolça tajribasini körsatib berişdi. Dars davomida kimyo fani laboranti R.Madraimova qiziqarli tajribalarni öquvçilarga körsatib berdi.
Suvning tarkibini aniqlab, filtirladi, körinmas yozuv paydo qildi, oddiy suv ustida olov hosil bölişini körsatib berdi.
Fizika fani laboranti N.Örozboyeva ham öquvçilarga qiziqarli va hayotda kerak böladigan laboratoriya maşğulotlarini körsatib ötdi. Simlarni ulab, yoritgiçni yoqib körsatdi. Tuxum va suv bosimini aniqladi. Koka Kola içimligining inson soğligiga zararini öquvçilarga tuşuntirib, tajribalar orqali körsatib berdi.
Kimyo fani öqituvçisi N.Xolboyeva va fizika fani öqituvçisi D.Qodirovalar ötilgan mavzular yuzasidan topşiriqlar berib, darsni yakunladilar.
Dars juda qiziqarli va mazmunli ötdi. Bunday tajribalar öquvçilarning kimyo va fizika fanlariga qiziqişini oşiriş maqsadida maktabimizda tez-tez ötkazib turiladi.
Nargiza Xolboyeva, 1-sonli maktabning uslub birlaşma rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶