22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:57
Fan va taʼlim 👁 9,246

YaNGI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

YaNGI MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Farzand tarbiyasi eng dolzarb hamda hech qachon oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydigan masallardan biridir. Bunda maktabgacha taʼlimning ahamiyatini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi.

Keyingi yillarda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi. Shu asosda maktabgacha taʼlimni yangi sifat darajasiga olib chiqish, sohada xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha tizimli ishlar qilinmoqda.

Chunki maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi boʻgʻini hisoblanib, sogʻlom va barkamol bolani tarbiyalash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanimizda ham Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yildan-yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. Hozirgi vaqtda tumanda 50 ta davlat, 4 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 57 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning jami soni 111 tani tashkil qiladi.

Shu yilning 1-iyun kuni tumanimizda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yana bittaga koʻpaydi. Toshyop ovuli hududida 2020-yilda Invistitsiya dasturi doirasida qurilishi boshlangan, umumiy qiymati 2 mlrd. 685 mln. soʻmni tashkil qilgan 51-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirildi.

Muassasa ishga tushirilishiga bagʻishlangan tantanada tuman hokimi, oʻrinbosarlari, sektor rahbari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari, ovul faollari qatnashdilar.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov, Toshyop ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulshod Sobirova, taʼlim faxriysi, ovul faoli Karimboy Rajabovlar soʻzga chiqib, ovul ahlini farzandlari uchun ana shunday muhtasham bolalar maskani qurilib, ishga tushirilishi munosabati bilan qutladilar.

Shundan soʻng ramziy tasma kesilib, tantana ishtirokchilari bino ichkarisiga kirdilar va bu yerda bolajonlarning yayrab-quvnab ulgʻayishlari, taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Muassasa 90-oʻringa moʻljallangan boʻlib, bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, musiqa, rus va ingliz tillari toʻgaraklari, sport mashgʻulotlari oʻtkaziladigan xonalar zarur qoʻllanmalar, koʻrgazmali qurollar, zamonaviy sport buyumlari bilan toʻliq jihozlangan.

Tumanimiz koʻrkiga koʻrk bagʻishlab turgan muhtasham binoni qurishda “Mangʻit servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari va quruvchilari  jonbozlik koʻrsatib, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bolajonlarga munosib sovgʻa tayyorladilar.

Muassasa tarbiyalanuvchilari ijrosidagi shoʻx qoʻshiq, rasmlar, ifodali oʻqilgan sheʼrlar tadbir ishtirokchilariga zavq bagʻishladi.

Aytish joizki, tumanimizda 3-7 yoshgacha boʻlgan bolalar soni 16 ming 682 nafarni tashkil etib, shundan 11 ming nafari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan. Yaʼni qamrab olish koʻrsatgichi 66 foizni tashkil qiladi.  Yil yakuniga qadar bu koʻrsatkichni 67,4 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi ham ovul bolajonlarining yayrab ulgʻayishi va taʼlim-tarbiya olishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026