BIR QULTUM OQ OĞUNING OQIBATLARI
Mastlik – ixtiyoriy telbalik, deyişadi. Haqiqatan ham şişa içiga siğgan oq oğuni isteʼmol qilgan inson juda qisqa fursat içida osongina şayton izmiga kiradi-qöyadi. Şişa içidagi bir qultum oğu har qanday baquvvat, ongli odamni telbaga aylantiradi. Agar şunday bölmaganida tumanimiz mahallalaridan birida yaşovçi Bahrom Arslonov (ism-şarifi özgartirildi) mast holatda avtomobil boşqarmagan, özining va yana bir neça şaxslarning soğligiga, oilalari iqtisodiga zarar yetkazmagan bölardi.
Döstining töyida qaynotasining nomida bölgan avtomobilni tegişli hujjatlarsiz, mast holatda boşqarib, “gulyanka”ga çiqqan Bahromboy spirtli içimlik taʼsirida boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişda, yöl harakati qoidalariga muvofiq harakatlanib ketayotgan boşqa bir avtomaşina bilan töqnaşib ketgan. Natijada ikkinçi avtomaşinada bölgan ikki nafar fuqaroning biri salomatligi uçun xavfli bölgan oğir, ikkinçisi yengil tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yana bir şaxs – fuqaroviy daʼvogar, Bahrom Arslonovning qaynotasi esa avtohalokat tufayli kattagina miqdorda moddiy zarar körgan.
Amudaryo IIB maʼmuriy binosida bölib ötgan jinoiy işlar böyiça tuman sudining sayyor sud majlisida Bahrom Arslonov qarşisiga töplangan mazkur jinoiy işi jabrlanuvçilar hamda fuqaroviy daʼvogar şaxslar iştirokida atrofliça muhokama etildi.
Sudda Bahrom Arslonov qarşisiga töplangan barça hujjatlar, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, tomonlarning körgan moddiy va maʼnaviy zararlari gumonlanuvçi B.Arslonov tomonidan töliq qoplab berilganligi böyiça öz daʼvolaridan voz keçganlari haqidagi arizalari batafsil örganildi va uşbu iş böyiça yaraştiruv instituti qöllanilib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi hamda Jinoyat protsessual Kodeksining tegişli moddalariga köra, ayblilik haqidagi masalasi hal qilinmasdan harakatdan töxtatildi.
Bölib ötgan sayyor sud majlisida tomonlar biri-birini keçirib, yaraşdilar. Lekin aynan ana şu yaraşuv daqiqalarigaça jabrlanuvçilar. fuqaroviy daʼvogarlar jismonan va ruhan azoblandilar. B.Arslonovning qaltis harakati, mast holda, zarur hujjatlarsiz avtomobil boşqargani oqibatida uning oila aʼzolari to sud yaraştiruv institutini qöllagunga qadar aziyat çekişdi. Öz ixtiyori bilan spirtli içimlik içib, ixtiyoriy ravişda telbalarça harakat qilgan Bahromboy esa nafaqat qaynotasi va oila aʼzolari, balki jamiyat oldida ham uyalib qoldi.
S.DAVLETMURATOV, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶