Tumanimiz hayotining yorqin közgusi
Bugun biz yaşayotgan globallaşuv va Internet asrida taraqqiyotni, hayotimizni zamonaviy axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Ertalab uyqudan uyğonişimiz bilanoq axborotga ehtiyoj sezamiz va gazeta-jurnallar, televideniye, radio yoki internet orqali jamiyatimizda keçayotgan yangiliklardan xabardor bölişga intilamiz. Qisqa qilib aytganda bugun axborot biz uçun hayotiy zarur ehtiyojga aylangan.
Davlatimiz rahbari ötgan yili matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan bayram tabrigida "Bugungi kunda jamiyat, fuqarolik institutlari, qolaversa, har qaysi insonning hayoti aynan axborot-kommunikatsiya sohalari bilan uzviy va çambarças boğlanib borayotganini inobatga olmaydigan mamlakat öz rivojida umumbaşariy taraqqiyotdan çetda qolib ketişi va intellektual boyligidan judo bölişi tabiiydir”, deb alohida taʼkidlab ötgan edilar.
Şu sababli Yurtimizda mustaqillik yillarida axborot sohasini isloh qiliş, axborot va söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, sohadagi qonunçilik bazasi takomillaştirilib, bu borada qabul qilingan bir qança yangi Qonunlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Öz navbatida tarixan qisqa davrda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari ham jamiyatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarni, demokratik yangilanişlarni yoritiş orqali xalqimizni yangiça fikrlaşga, maʼnaviy uyğoqlikka, ongu tafakkurimizni zamon bilan hamnafas holda özgartirişga daʼvat etadigan qudratli kuçga aylandi.
Bugun tumanimizda faoliyat yuritayotgan "Taraqqiyot közgusi”, uning ilovasi "Mening oilam” gazetalari, Amudaryo televideniyesi va amunews.uz veb-sayti ham xalqimizning ana şunday qudratli quroli desak mubolağa bölmaydi.
27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bu yil tumanimizda qöşaloq bayram sifatida nişonlanmoqda. Sababi, tumanimiz matbuotiga tamal toşi qöyilganiga 80-yil tölmoqda. 1934-yilda yoruğlikka çiqa boşlagan sobiq Manğit va Qipçoq tumanlarining naşrlari, 1958-yilda taşkil qilingan ularning qonuniy vorislari - "Amudaryo haqiqati”, keyinçalik 2012-yilda "Taraqqiyot közgusi” deya qayta nomlangan tumanimizning ijtimoiy-siyosiy gazetasi ötgan 80 yillik tarixiy davr mobaynida nafaqat tumanimiz ahlining axborotga bölgan ehtiyojini taʼminlab kelmoqda, balki uning maʼnaviy maslakdoşi, maʼrifat manbaiga aylanib ulgurdi.
Şuni taʼkidlaş joizki, gazeta çop etila boşlagan dastlabki yillardayoq özining xalqçilligi, tili va badiiy xususiyatlari bilan keng xalq ommasiga yaqin böla oldi. Gazetaning bunday mavqega ega naşr sifatida ommalaşuvining öz mezonlari bor, albatta.
Birinçidan, tahririyat jurnalistlari söz ustida işlaş sanʼatini çuqur egallagan, adabiyotni, maʼnaviyatni çuqur anglaydigan maʼnaviyat fidoyilari edilar. Ikkinçidan, gazeta ijodkorlari xalq könglidan joy ola biliş sanʼatini egallagan söz ustalari edilarki, pirovardida bu ijodkorlar qalam tebratgan mavzular hamişa zamon va davr talablariga mos kelib, ular xalq könglidagi gapni aytardi.
Taşkil etilganining dastlabki yillarida sobiq tuzum tomonidan "savodsizlikni tugatişda vosita” sifatida qaralgan gazeta ikkinçi jahon uruşi davrida xalqni yangi marralar sari ruhlantiruvçi maʼnaviy kuç-qudrat timsoli sifatida maydonga çiqdi. Uruşdan keyingi tiklaniş yillarida esa xalqimizni xayrli va ezgu işlar sari ruhlantiruvçi maslakdoşga aylandi.
Istiqlol yillarida gazetamiz ijtimoiy-siyosiy ahamiyati jihatidan çinakam yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarildi. Istiqlolning dastlabki yillarida uning sahifalarida mustaqillikni mustahkamlaş, iqtisodiy islohotlarni bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etiş, bozor munosabatlariga ötiş jarayonining dolzarb vazifalari, barça sohalarda amalga oşirila boşlangan islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati töğrisida maqolalar berilgan bölsa, bugungi kunga kelib uşbu islohotlarning xalqimiz turmuşidagi ifodasi, el-yurt faravonligi, jamiyatimizdagi tinçlik va totuvlik, millatlararo hamjihatlik, iqtisodiyotimizning barqaror surʼatlar bilan rivojlanişi, buyuk ötmişimiz va nurli kelajagimiz, xalq faravonligi va yoş avlod tarbiyasi yölida amalga oşirilayotgan ezgu işlar, bir söz bilan aytganda kuçli demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etiş borasidagi dadil odimlar töğrisida materiallar berib borilmoqda.
Gazeta nafaqat ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, balki adabiy-badiiy qiymati bilan ham xalqimiz uçun qadrlidir. Uning sahifalarida mustaqillik va ozodlikni, tinçlik va osoyiştalikni, bunyodkorlik va obodonçilikni tarannum qiluvçi, dunyoda tengi yöq vatanimiz, qiyosi yöq xalqimizga bölgan mehr-muhabbat tuyğularini yuksak pardalarda tarannum etuvçi materiallar muntazam ravişda çop etilmoqda.
Gazetaning muassisi sifatida Amudaryo tumani hokimligi ham «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunida belgilab berilgan muassisning ommaviy axborot vositasining çiqarilişini taʼminlaşdek majburiyatini öz zimmasiga olib, tahririyatni qöllab-quvvatlab kelmoqda. Natijada, keyingi yillarda tahririyatning moddiy texnika bazasi yaxşilandi. Ayni kunda tahririyat salohiyatli kadrlar jamoasiga, öz balansidagi binoga, mustahkam moddiy-texnika bazasiga, xizmat avtomaşinasiga ega.
2012 yilda davr bilan hamnafas holda gazetamiz "Taraqqiyot közgusi” deya qayta nomlandi. Obuna uyuştiriş va gazetani çop qiliş, tarqatiş borasida tizimli işlar amalga oşirilgani natijasida uning davriyligi oşirilib, har oyda 4-marta çop qilinmoqda.
Gazeta sahifalarida muştariylar uçun qiziqarli va kun tartibidagi dolzarb mavzularda maqolalar yoritilişi keyingi yillarda gazetxonlarning qiziqişi oşişiga va obuna sonining ösişiga zamin yaratdi. Bugungi kunda gazetamiz 5 mingdan ortiq nusxada çop qilinmoqda.
Ayniqsa, gazetaning zamonaviy texnologiya asosida tumanimizning özida, "Manğit matbaasi” xususiy korxonasida çop qilinayotgani uning tezkorligini taʼminlaşda muhim vosita bölmoqda.
2012 yilning 1-aprelidan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi Internet tarmoğida özining rasmiy veb-saytiga ega böldi. Bu esa gazetada çop qilingan materiallarning elektron körinişini www.amunews.uz veb-sayti orqali butun dunyo böyiça öqiş imkoniyatini yaratdi.
Internet jurnalistikasini rivojlantiriş, Internet tarmoğida Amudaryo tumani, uning bugungi hayoti haqida tezkor, xolis va işonçli axborot tarqatiş tizimini yanada yaxşilaş maqsadida tahririyat xodimlarining saʼy harakatlari bilan 2012-yil 31 iyulda gazetaning internetdagi rasmiy veb-sayti mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida röyxatdan ötkazildi va Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi Internet orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositasiga asos solindi. Hozirgi kunga kelib mazkur sayt har kuni, soat sayin tuman hayotiga oid yangiliklar bilan töldirilib, yangilab borilmoqda.
Gazeta obunasining köpayişi öz navbatida tahririyat moliyaviy ahvolining yaxşilanişiga, xodimlar moddiy manfaatdorligining oşişiga va moddiy-texnika bazasining mustahkamlanişiga zamin yaratdi. Natijada sönggi yillarda tahririyat xodimlari iş haqi 2 barobar oşirildi.
Gazeta ijodiy jamoasi va faxriylari safida "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan jurnalist”, "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari sohib va sohibalari, "Şuhrat” medali sohibining borligi ular mehnatining davlatimiz tomonidan ham munosib baholanayotganidan dalolat beradi.
2014 yilning "Soğlom bola yili” deb eʼlon qilinişi munosabati bilan, "Soğlom bola yili” tuman dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida joriy yildan boşlab "Taraqqiyot közgusi” gazetasining ilovasi – "Mening oilam” gazetasi röyxatdan ötkazilib, çop qilina boşlandi. Ziyoli va bunyodkor elimizyana bir yangi naşrga ega böldi. Bugun gazeta öz sahifalaridagi oila iqtisodiyotidan tortib, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy va köngiloçar maqolalari bilan xalq orasiga kirib bormoqda va öquvçilarga manzur bölmoqda.
2010-yil 2-sentyabrda faoliyat boşlagan Amudaryo televideniyesi ham tumanimiz aholisining axborotga bölgan ehtiyojini taʼminlaşga hissa qöşib, ularni tuman yangiliklari bilan tezkor ravişda taniştirib, tuman hayotining barça sohalaridan tayyorlangan telemateriallari orqali aholiga manzur bölmoqda. Eng muhimi, televideniye va gazeta tahririyatlari örtasida mustahkam ijodiy hamkorlik yölga qöyilgani, har ikkala tahririyat va matbaa korxonasining bir binoda joylaşgani bu yerda öziga xos ijodiy muhit yaratilişiga va tumanimiz matbuot va ommaviy axborot vositalari markaziga aylanişiga zamin yaratdi.
Xulosa örnida aytganda, bu yil 80 yilligi nişonlayotgan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati davr bilan hamnafas faoliyat yuritib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaşga, milliy istiqlol ğoyasini qaror toptirişga, barça sohalarda erişilayotgan yutuqlarni keng yoritib boriş orqali aholining axborotga bölgan ehtiyojini qondirişga hissa qöşib, fuqarolik jamiyati barpo etilişida, ommaning huquqiy madaniyatini yuksaltirişda faol qatnaşib, mamlakat va tuman ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy hayotida sodir bölayotgan yangiliklarni, demokratik özgarişlarni, voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvçi materiallar hamda axborotlarni muntazam eʼlon qilib boriş orqali aholini yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar mazmun-mohiyati bilan xabardor qilib kelmoqda.
Bugun tumanimiz matbuotining 80 yillik yubileyini hamda yurtimizda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayramini keng nişonlar ekanmiz, tumanimiz matbuotining tamal toşini qöygan marhum ijodkorlar ruhlarining şod bölişini, bugungi tinç va farovon kunlarda qarilik gaştini surayotgan matbuot faxriylarining umri uzoq, tani salomat bölişini, ayni damlarda fidoyi mehnatlari bilan mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan barça matbuot fidoyilari va tahririyatlar ijodkorlariga sönmas ilhom va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Amu eliga tumanimiz matbuotining 80 yillik tabarruk töyi, "Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxlislariga yurtimiz taraqqiyoti közgusining 80 yillik yubileyi, mamlakatimizdagi barça ommaviy axborot vositalari xodimlariga kasb bayramlari qutluğ bölsin!
Heç qaçon qalamingiz yozişdan, qalbingiz ijoddan töxtamasin, azizlar!
Rajabboy YÖLDOŞEV,
tuman hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶