“QATORIDAN KAM BÖLMASIN”, DEYIŞDI-Yu HUQUQBUZARLIKKA YÖL OÇIŞDI
Köpinça ota-onalar farzandlariga eng sönggi rusumdagi uyali aloqa vositalarini olib berib, zamonaviy rusumdagi qöl telefoniga ega bölgan bola nimalar bilan şuğullanayotgani xususida qiziqmaydi.
Tumandagi mahallalardan birida yaşovçi O.Botirov (ism-şarifi özgartirildi) ham yangi rusumdagi qöl telefoniga “yetişganidan” xursand bölib, telefon xotirasidagi turli mazmundagi audio va video maʼruzalar bilan tanişa boşladi.
Vaholanki, O.Botirovning telefoni xotirasidagi audio va video fayllar mamlakatimiz qonunlariga zid diniy-ekstremistik mazmundagi maʼruzalar va suhbatlar bölib, bu kabi mahsulotlarni mamlakatimizga olib kiriş, tarqatiş va tayyorlaş taʼqiqlanadi. Özining diniy bilimsizligi, huquqiy savodsizligi oqibatida O.Botirov qarşisiga töplangan maʼmuriy iş yaqinda jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi majlisida atrofliça muhokama etildi va O.Botirov Özbekiston Respublikasi MJtKning tegişli moddalariga köra, maʼmuriy javobgarlikka tortildi, BHMning ikki baravari miqdorida, 446 ming söm jarima jazosiga hukm etildi. Mazkur işdagi daliliy aşyo – O.Botirovga tegişli bölgan “Redmi7A” rusumli qöl telefoni davlat foydasiga musodara etildi.
Körib turganingizdek, O.Botirovning ham diniy, ham huquqiy savodsizligi, oila aʼzolarining eʼtiborsizligi tufayli uşbu huquqbuzarlik sodir etildi. Agar O.Botirov qöl telefoni xotirasini avval tekşirib körib, keyin uni xarid qilganida, telefonni öz nomiga hujjatlaştirmasdan avval uni IIBga olib kelib, telefonni sotgan odam haqida maʼlumot berganida yuqoridagi kabi huquqbuzarlik sodir bölmagan bölar edi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶