ADLIYa VAZIRLIGI “FERMERGA MADAD” HUQUQIY AKTsIYaSINI ÖTKAZADI
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegişli buyruğiga asosan Respublikamiz böylab, 2021-yil iyun-dekabr oylarida “Fermerga madad” huquqiy aktsiyasi ötkazilişi belgilandi. Şunga köra, yurtimizning barça hududlarida uşbu aktsiya doirasida turli tadbrlar ötkaziladi.
Mazkur aktsiyani ötkazişdan maqsad amalda faoliyat yuritayotgan va bölğusi fermer xöjaliklarini sohaga oid imtiyoz va preferentsiyalar bilan taniştiriş, ularning kundalik hayotida duç kelayotgan huquqiy muammolariga yordam körsatiş, fermer xöjaligi sohasida huquqni qöllaş amaliyotini va fermer xöjaliklarining sohaga oid murojaatlarini örganişdir.
Şundan kelib çiqib, mazkur aktsiya öz içiga bir neça yönalişni qamrab oladi. Fermerlar iştirokida suhbat va sörovnomalar, infografika materiallarini tarqatiş, taşkilotlar va korxonalarda manzilli, predmetli huquqiy-tarğibot tadbirlari, fermer xöjaliklariga oid statistik axborotlarni tayyorlaş kabilar aktsiya doirasida ötkaziladi.
Taʼkidlaş lozimki, uşbu aktsiyani ötkazişda fermer xöjaliklari bilan birga tuman Qişloq xöjalik bölimi, Savdo-sanoat palatasi, tuman Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengaşi kabi tegişli taşkilotlarning ham faolligi talab etiladi. Sababi sohadagi muammo va takliflarni örganişda şu tizimda faoliyat yurituvçi fidoiylar bilan bir qatorda fermer xöjaliklariga kömakdoş taşkilotlarning ham tajriba va maslahatlari zarur böladi. Şunga köra, Adliya bölimi tumanimizdagi barça fermer xöjaliklari hamda mutasaddi idora va taşkilotlarni mazkur aktsiyada faol qatnaşişga, sohaga oid muammolarni tahlil qiliş, qonunçilikdagi kamçiliklarni aniqlaşda hamkorlik qilişga çaqirib qoladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶