ÇEGARA HUDUD AHOLISI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğini tumanimizning qöşni Turkmaniston davlati çegarasiga yaqin hududida joylaşgan. Uşbu ovulda aholi bilan uçraşuvlar ötkazilib, masʼullar tomonidan çegaraga yaqin joylarda yaşaş tartib-qoidalari haqida muntazam ravişda tuşuntirişlar berib boriladi.
4-iyun kuni taşkil etilgan navbatdagi uçraşuv Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinining maʼmuriy binosida bölib ötdi. Uçraşuv munosabati bilan taşkil etilgan yiğilişda fuqarolar yiğini raisi Oybek Yusupov, 9202 «D» harbiy qism masʼullari, hudud profilaktika inspektori, fuqarolar yiğini xodimlari, çegara hududidagi fermer xöjaligi işçilari, ovçilar, imomlar va mahalla faollari qatnaşişdi.
Yiğilişda masʼullar tomonidan “Özbekiston Respublikasi Davlat Çegarasi töğrisida”gi Qonunga rioya qiliş, diniy ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş, davlat çegarasida örnatilgan muhandislik tösiqlari va inşootlariga yetkazilgan zarar böyiça fuqarolarning javobgarligi, tösiqlarga yaqin joyda çorva mollarini boqmaslik, ruhiy kasal va spirtli içkilikga ruju qöygan fuqarolarni nazoratga oliş kabilar töğrisida söz yuritildi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Davlat Çegarasi Qonuni, çegara oldi hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlaş, Davlat çegarasi daxlsizligini saqlaş maqsadida olib borilayotgan tadbirlarda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari, jamoatçilik asosidagi çegara posbonlari, jamoat taşkilotlari hamda çegara hududida yaşovçi fuqarolar çegaraçilar bilan hamkorlikda harakat qilişlari kerakligi, hududda yaşovçi ruhiy kasal va spirtli içimlikga ruju qöygan fuqarolarni qarindoşlari va qöni-qöşnilari nazoratsiz qoldirmasligi kerakligi aytib ötildi.
Uçraşuvda çegara oldi hududlarida istiqomat qiluvçi aholi örtasida jamiyat, dunyoviy va diniy qaraşlar zidligi yuzaga kelişining oldini oliş, nosoğlom diniy ğoyalar taʼsiriga tuşib qolgan oilalar bilan alohida işlaş, ularning hayotda öz örinlarini topişlariga kömaklaşiş böyiça hamkorlikdagi işlarni taşkil etiş lozimligi ham taʼkidlandi. Masʼullar tomonidan çegara hududida yaşovçi mahalliy aholiga Davlat çegarasi töğrisidagi Qonunning mazmun-mohiyati batafsil tuşuntirildi va uşbu Qonunning 1-, 15-, 18-, 20-moddalari öqib eşittirildi.
Davlat çegara çiziğidan 500 metr oraliqda çorva mollarini boqmaslik, hududga yaqin joydagi fermer xöjaliklari yerlarida işlovçi işçilarning röyxatlarini profilaktika inspektoriga taqdim qiliş kerakligi, çegara oldi hududida yaşovçi fuqarolar belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilişlari şartligi alohida aytib ötildi. Çegara hududida özboşimçalik bilan çorva mollarini boqiş yoki qarovsiz qoldiriş holatlari huquqbuzarlik sanalişi taʼkidlanib, bu böyiça belgilangan jazo çoralari maʼlum qilindi. Şu örinda hududda yaşovçi fuqarolar tomonidan çegara rejimi qonunbuzarliklari davom etayotgani, bunday holatlarning oldini olişga barça birdek harakat qilişi kerakligi, masʼul ekanligi taʼkidlandi.
Yiğilişda iştirok etgan fuqarolar masʼullarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va töliq javoblar oldilar. Şuningdek, fikr-mulohazalar, takliflar ham bildirib ötdilar.
Yiğiliş yakunida barça taklif va mulohazalar qizğin muhokama qilinib, huquqbuzarliklar, köngilsiz hodisalarning oldini olişga doir vazifalar belgilab olindi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶