21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 413

Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumi boshlandi

Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumi boshlandi

Mavzuga oid fotogalereya

Tumanimizda 2021  yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yigʻib olish ishlari boshlab yuborildi. Xususan, 7-iyun kuni Oʻrta qalʼa ovulidagi "Qadamboy Poʻlat" fermer xoʻjaligida gʻalla oʻrim-yigʻimining boshlanishi munosabati bilan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi. 

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Alisher Yakubov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, soha mutasaddilari, MMTP raislari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminarda mutasaddilar tumanda boshoqli don mahsulotlari, xususan, gʻalla ekish borasida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtaldilar.

Qayd etilganidek, oʻtgan yilgi ekish mavsumida tuman boʻyicha 324 ta fermer xoʻjaliklarining 3800 gektar maydoniga gʻalla ekilgan boʻlib, amudaryolik gʻallakorlar joriy yilda 9 500 tonnadan ortiq "qirmizi don" hosilini davlat omborlariga topshirishni reja qilishgan. Shundan 25 ta fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi 316,8 gektar maydondan 950 tonna urugʻlik don yetishtirish rejalashtirilgan.

Tumanda 2021-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini qisqa muddatlarda oʻrib-yigʻib olish boʻyicha tuman shtabi tashkil etilgan. Bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga koʻra yetishtirilgan boshoqli don hosilini 16-iyundan 5-iyulgacha  oʻrib-yigʻib  olish grafiklar  tuzildi.

Oʻrim-yigʻim ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha 18 ta oʻrim-yigʻim otryadlariga jami 109 nafar maʼsullar, 18 ta kombaynlar biriktirilgan hamda ular soz  holatga  keltirilib, mavsum davomida tinimsiz ishlashini taʼminlash maqsadida  ehtiyot qismlar zahiralari yaratilgan. Ushbu otryadlarga zarur texnika va mexanizmlardan 54 ta yuk avtomabillari, 36 ta transport tirkamalar, 18 ta koʻchma taʼmirlash ustaxonalari, 18 ta yoqilgʻi tashish agregatlari jalb etilgan.

Maʼlumot tariqasida keltirilishicha, tumanda joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi, gʻallani tashish, somondan tozalash va gʻalladan boʻshagan maydonlarda peshma-pesh shudgorlash ishlarini tashkil qilish uchun  jami 1 mlrd 601 mln soʻmlik  pul mablagʻlari zarur  boʻladi. Ushbu tadbirlar mutasaddi idoralar tomonidan tegishli tartibda moliyalashtirilgan.

Seminarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yil hosili uchun ekilgan gʻalla ekinidan boʻshaydigan maydonlarning 1997 gektariga takroriy ekinlar ekish borasida ham keng tushinchalar berildi. Xususan, 258 gektar yerga sabzavot, 35 gektar yerga kartoshka, 337 gektar yerga dukkakli ekinlar, 900 gektar yerga sholi, 373 gektar yerga moyli ekinlar, 94 gektar yerga ozuqa ekinlar ekish rejalashtirilganligi qayd etildi.

Shu kuni tumanda ilk bora "Qadamboy Poʻlat" fermer xoʻjaligida joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi ishlariga kirishildi. Ishonamizki, amudaryolik gʻallakorlar bu yil ham har yilgi anʼanalarga sodiq qolgan holda gʻalla topshirish boʻyicha majburiyatlarini ortigʻi bilan ado qiladilar va xalqimiz dasturxonining toʻkin-sochinligiga munosib hissa qoʻshadilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026