25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 06:35
Jamiyat 👁 230

Vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 9-iyun sanasida tuman hokimligining majlislar zalida vazir va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining maslahatchisi Alisher Shukurov, Toshkent davlat Agrar universiteti Nukus filiali direktori Elmurad Toʻraniyozov, tuman hokimi oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, shuningdek, tumandagi korxona tashkilotlar rahbarlari, faol yoshlar, uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv Prezidentimiz rahbarligida 2020-yilning 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda, shuningdek, joriy yilning 27-yanvar kuni yoshlar bandligini taʼminlash va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid  chora-tadbirlarga bagʻishlangan yigʻilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Qolaversa, yigʻilishda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili davlat dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib, yoshlarni oʻqib bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildilar. Masʼullar davlatimiz rahbarining “Erishgan yutuqlarimiz oʻzimizniki, biz xato va kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilmogʻimiz kerak!” - degan fikrni barcha hayotiy shior qilib olishi kerakligini taʼkidladilar.

Mutasaddilar qayd etganlaridek, bugun ertamiz egalari uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Jumladan, taʼlimning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli taʼlim olishini taʼminlanmoqda, yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilanmoqda, ular oʻrtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, yoshlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilib, ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali iqtisodiy huquq va imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Uchrashuvda tumanimiz yoshlari bugungi kunda koʻplab sohalarda erishayotgan yutuqlari xususida soʻz yuritib, masʼullarga oʻzlarini qiynayotgan muammolarni amaliy jihatdan hal qilishga yordam soʻrab murojaat qildilar hamda oʻzlarining yangi takliflarini bildirdilar. Xususan, agrar sohaga qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarimizdan Bobur ovulida yashovchi Dilshodbek Oʻrazimbetov bogʻdorchilik  qilish uchun qishloq xoʻjaligi yer maydonlaridan yer ajratilishida, Shaxnoza Kenjaboyeva, Gulnoza Tursunboyeva, Bekzod Nurillayev, Jaxongir Masharipov, Dilnura Jumamuratova, Safura Allayarova, Maloxat Axmadovalar gʻalladan boʻshagan yer maydonidan qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ekib parvarish qilishlari  uchun yer maydoni ajratilishida amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildilar. Qolaversa, Qoramon mahallasida yashovchi yosh fermer Umidjon Allamberganov qishloq xoʻjaligi yer maydonlaridan samarali foydalanish uchun oʻzining yangidan ochilgan yer maydoniga agrotexnik tadbirlar oʻtkazish uchun subsidiya joriy etish taklifini bildirdi.

Yoshlar tomonidan yoʻllangan murojaatlar tegishlicha ijobiy hal qilinadigan boʻldi hamda ularning bildirgan fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olinib, barcha sohalarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan bergan savollarga hayotiy misollar bilan javoblar keltirildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026