22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Fan va taʼlim 👁 359

Maktabgacha taʼlim sohasi tobora rivojlanmoqda

Maktabgacha taʼlim sohasi tobora rivojlanmoqda

Maktabgacha taʼlim sohasida misli koʻrilmagan oʻzgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Taʼlimning poydevori hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimiga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilib, soha rivoji uchun keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qator qonunlar, farmon va qarorlar qabul qilinib, taʼlim-tarbiyaning asosi boʻlgan maktabgacha taʼlim tobora taraqqiy etib bormoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni kun sayin ortib, ularga bolalarni qamrab olish darajasi oshmoqda.

Tumanimizda barpo etilayotgan taʼlim-tarbiya maskanlari zamonaviy koʻrinish kasb etmoqda. Eski binolar oʻrniga yangilari qurilmoqda, baʼzilari qayta rekonstruktsiya qilinib, bolajonlarimizning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyat hamda shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, sohada xususiy sektorning ulushi ham yil sayin ortib bormoqda. Tadbirkorlar oʻz mablagʻlari va bank kreditlari evaziga zamonaviy binolar qurib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshmoqdalar. Tosh yop ovuli xududida joylashgan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi “Zebo” maktabgacha taʼlim tashkiloti fikrimizning yaqqol dalilidir. 

Mazkur nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining loyiha qimati 2 milliard 956 million 845 ming soʻm boʻlib, shundan 2 milliard 227 million soʻm “Oʻzsanoatqurilishbank” tamonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlaridir. Ushbu mablagʻlar hisobidan Tosh yop ovuli hududida yangi, zamonaviy koʻrinishga ega, barcha qulaylik, sharoitlar yaratilgan, 100-oʻrinli taʼlim-tarbiya dargohi bunyod etildi. Ushbu tashkilot bunyod etilishi bilan 14 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Aytish kerakki, davlatimiz rahbarining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Ushbu qaror bilan maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha dastur tasdiqlanib, uning doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash borasidagi ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020-yilgi investitsiya dasturi asosida Amudaryo tumani Tosh yop ovuli hududida joylashgan 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti filiali binosini rekonstruktsiya hisobidan yangidan qurish ishlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi.

Bino 90-oʻringa moʻljallangan boʻlib, umumiy qiymati 2 mlrd. 685 mln. 600 ming soʻmlik qurilish ishlari bosh pudratchi «MANGIT-SERVIS» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

Zamonaviy koʻrinishga ega mazkur 2 qavatli bino foydalanishga topshirilishi bilan Amudaryo tumani hokimining 2021-yil 3-dekabr kungi “Maktabgacha taʼlim tashkilotiga yuridik shaxs maqomi berish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ilgari filial sifatida ish yuritgan mazkur muassasaga 51-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida mustaqil yuridik shaxs maqomi berildi. Bugungi kunda 51-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 ta asosiy guruh tashkil qilingan boʻlib, ushbu guruhlarga hududdagi 90 nafar bolalar qamrab olingan va taʼlim-tarbiya olmoqdalar.

Aytish kerakki, bugungi kunda Amudaryo tumanida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining umumiy soni 115 tani tashkil qiladi. Shundan 51 tasi davlat, 4 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi va 60 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Mazkur taʼlim-tarbiya muassalariga bolajonlarni qamrab olish koʻrsatkichi yil sayin ortib bormoqda. Bugun tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar soni 11 ming 211 nafar boʻlib, qamrov koʻrsatkichi 67,2 foizni tashkil etadi. Joriy yilning yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 67,4 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026