NOHAQ IŞDAN BÖŞATILGAN XODIM SUD TOMONIDAN IŞGA QAYTA TIKLANDI
Işga qayta tiklaş, noilojdan qilgan proguli uçun haq undiriş kabi mehnat nizolarga boğliq işlar daʼvogarlarning arizalariga asosan va amaldagi qonunlar bilan belgilangan boşqa holatlarda bevosita sudda köriladi.
Şu yil 9-mart kuni Fuqarolik işlar böyiça tuman sudi tomonidan daʼvogar J. ismli şaxsning işga tiklaş, majburiy progul vaqti uçun iş haqi va 5 mln. söm maʼnaviy zarar undiriş haqidagi daʼvo arizasi körib çiqildi.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat şartnomasi (kontrakti)ni bekor qilişni tartibga soluvçi qonunlarning qöllanilişi haqida”gi 12-sonli Qarorining 42-bandida Mehnat şartnomasi MK 100-moddasi 2-qismining 1,2 va 6-bandlari, şuningdek 106-moddasining 2-bandi asosida bekor qilinayotganda iş beruvçi xodimni şu korxonaning özida işga joylaştiriş çoralarini körişga majbur, deb körsatilgan. Agar xodim malakasi yetarli bölmaganligi uçun bajarayotgan işiga noloyiq deb topilganligi sababli MK 100-moddasi 2-qismining 2-bandiga köra mehnat şartnomasi bekor qilinayotgan bölsa, unga mutaxassisligi böyiça kamroq malakali iş taklif etilişi, u ham mavjud bölmasa, korxonada mavjud bölgan kamroq malakali boşqa iş taklif etiladi.
Sud davomida daʼvogarning nohaq işdan böşatilgani tegişli hujjatlar va boşqa dalillar yordamida öz isbotini topdi.
Sud qaroriga köra nohaq işdan böşatilgan xodim öz örniga qayta tiklanib, adolat qaror topdi.
Q. Atamurodov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶