YoŞ SAYoHATÇILAR TARIXIY-ÖLKAŞUNOSLIK MUZEYIDA TUMANIMIZ TARIXI BILAN TANIŞDILAR
Amudaryo – boy tarixga ega, qadimiy ölkalardan biridir. Bu hududda osori atiqalar, Çilpiq, Gavur qalʼa, Toşmadrasa kabi obidalar va boşqa şu kabi uzoq moziydan sözlovçi ajdodlarimizdan qolgan ulkan meroslar bor. Yoş avlodga bu maʼnaviy-madaniy boyliklarni butunligiça yetkaziş, tarixini taniştirib boriş esa ular qalbidagi Vatanga muhabbat, ajdodlarga çuqur ehtirom tuyğularini yanada mustahkamlaydi.
Tumanimizda yangi taşkil etilgan tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi ham, nafaqat amu elining, balki butun qoraqalpoq xalqining buyuk va betakror tarixi haqidagi manbalarga ega bölgan, olis ötmişga sayohat qildiruvçi maskanga aylandi. Bugungi kunda uşbu maskanga faqat tumanimizdangina emas, Respublikamizning turli hududlaridan taşrif buyuruvçilar soni ortmoqda.
Vaqt ötgan sari har bir xalq doimo tarixga nazar taşlab, mavjud urf-odatlar, anʼanalar hamda qadimiy yodgorliklarni örganişga va saqlaşga intiladi. Bu borada, albatta, muzeylarning ahamiyati juda katta. Ularda saqlanayotgan ötmiş madaniyati, maʼrifati va turli jihozlar, yodgorliklarni körib, ajdodlar turmuşi, hayoti va hozirgi taraqqiyotning asosi haqida ulkan tasavvurga ega böliş mumkin.
16-iyun kuni uşbu maskanga tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida hunar örganayotgan yoşlar taşrif buyurişdi. Sayohatçilarga muzey rahbari, faxriy öqituvçi Şavkat Çorşamov har bir eksponat haqida batafsil maʼlumot berib, tarixi haqida sözlab berdi.
Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab, tumanimizda ötkazilgan tadbirda oçib berilgan uşbu zamonaviy körinişdagi muzey ikki qavatli yangi binoda joylaşgan. Muzeyning har bir bölimi alohida eʼtibor va did bilan bezatilgan. Eksponatlarning nomlari, qaysi davrga xosligi, kim tomonidan muzeyga taqdim etilgani haqidagi maʼlumotlar tartib bilan joylaştirilgan.
Muzeydan örin olgan turli bebaho yodgorliklar, qadim ajdodlarimiz işlatgan uy-rözğor buyumlari, ötmişda foydalanilgan iş qurollari, yoğ işlab çiqariş juvozlari, yerlarni suğorişda işlatilgan suv haydovçi çiğir va çarxpalak, noyob qölyozmalar, sozandalarning qadimiy çolğu asboblari, öşa davrlarda kiyilgan turfa liboslarni tomoşa qilib, tarixi bilan tanişgan yoş sayohatçilar katta taassurotlarga ega böldilar.
Sayohat davomida öquvçi-yoşlar ham öz navbatida faxriy öqituvçi Şavkat Çorşamovga turli savollar bilan murojaat qilib, har bir eksponat haqida yanada köproq maʼlumot olişga qiziqdilar.
Tarixçi-ölkaşunos Şavkat Çorşamov sayohatçilarga uşbu muzey köpçilik yurtdoşlarimiz, qolaversa, masʼul rahbarlarning tinimsiz saʼy-harakatlari bilan taşkil etilgani, endilikda yoşlar uçun tuman va qoraqalpoq eli tarixi bilan yanada yaqinroq tanişiş, köproq maʼlumotga ega böliş imkoniyati yaratilgani haqida sözlab ötdi. Undan taşqari, tarix közgusi bölgan muzeylarda xalq ötmişi, urf-odat va anʼanalari, turmuş tarzini ifoda etuvçi barça narsalar jamlanişini, ular orqali madaniy, xöjalik va ijtimoiy hayot tarzini çuqurroq örganiş mumkinligini taʼkidladi.
Yoş sayohatçilar bilan suhbat davomida muzeylarning zahiralarini doimo boyitib boriş, töplangan muzey aşyo va eksponatlarini kelajak avlodlarga bus-butun holatda yetkaziş, asrab-avaylaş har birimizdan alohida masʼuliyat talab etişi tuşuntirildi. Şuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy xazina bölgan uşbu maskan uzoq yillar yurtdoşlarimizga qadim ötmişni örganişga xizmat qilişi uçun uni yanada töldirib boriş kerakligi xususida söz yuritildi.
Tarixiy-ölkaşunoslik muzeyida ötkazilgan sayohat juda maroqli, qiziqarli va mazmunli böldi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶