25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:19
Jamiyat 👁 250

Amudaryo tumani IIB boshligʻining huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha aholiga murojati

Amudaryo tumani IIB boshligʻining huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha aholiga murojati

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Amudaryo tumanida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sektor boshliqlari hamda jamoatchilik bilan birgalikda profilaktik va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan 5 oy davomida hisobga olingan jinoyatlarni tahlil qilganimizda, badanga har xil darajadagi jarohat yetkazish, firibgarlik, oʻgʻirlik, giyohvandlik va hattoki qotillik jinoyatlari sodir qilingani har birimizni tashvishga solishi shubhasiz.

Bu birinchi navbatda biz – huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining amalga oshirayotgan ishlarimiz yetarli darajada emasligini koʻrsatadi. Shu sababli 5 oy yakuni boʻyicha jinoyatchilik ahvoli muhokama qilinib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va sektor boshliqlari bilan birgalikda, bugungi kun talabidan kelib chiqib, jinoyatni jilovlashning “mahallabay”, “oilabay” ishlash tizimi ishlab chiqildi. Har bir mahallaga, ushbu hududda sodir boʻlgan jinoyat turlaridan kelib chiqib yoʻl xaritalari ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Hurmatli amudaryoliklar!

Sodir boʻlayotgan jinoyatlar ahvolidan kelib chiqib, Sizlarga quyidagi “profilaktik ogohlantirish murojaatini” yoʻllamoqchimiz.

Firibgarlik bilan shugʻullanuvchi shaxslarning tasiriga tushib qolmaslik uchun, tanishlari orqali ishga joylashtirish, yer maydonini olib berish, pullaringizni ikki barobar foydasi bilan qaytarish, xalqaro internet savdo kanallari orqali nomingizga mikroqarz yoki kredit olib, pullarni oʻz vaqtida toʻlashni vaʼda qilayotganlarga, arzon narxda, imtiyozli ravishda avtomashina olib berishni vaʼda qiluvchi shaxslarga, chorva mollaringizni qimmat narxda sotib berishni vaʼda qilib qarzga oluvchi shaxslarning tegishli hujjatlari boʻlmasa, ularga ishonmasliklaringizni soʻraymiz.

Har hil kompyuter oʻyinlari, virtual sport musobaqalari boʻyicha qimor oʻyinlariga qatnashmang. Sizlarga pul mukofotlarini oʻtkazib berishni vaʼda qilib, bank plastik kartangizning raqamlari, kod va parollarini soʻrovchi boshqa shaxslarga maʼlumot bermang.

Uy-joy, yer maydoni, koʻchmas mulk sotib olishda ogoh boʻling, ushbu mulklarning egalari va tegishli hujjatlari borligiga davlat idoralari orqali aniqlik kiritgandan soʻngina toʻlovni amalga oshiring.

Psixotrop moddalarning qonunga hilof ravishda sotilishiga, ayniqsa yoshlarimiz orasida bunday yot illatlar keng tarqalishiga qarshi kurashishda faol qatnashishga chaqiramiz. Bunday holatlar boʻyicha har qanday maʼlumotga ega boʻlsangiz, zudlik bilan hududiy ichki ishlar idoralariga xabar bering. Xabar bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar sir saqlanadi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Internet tarmoqlari orqali oʻzga shaxslar bilan tanishishda, ularga oʻzingiz toʻgʻringizda maʼlumotlar, rasmlar berishda, profilingizga rasmlar joylashtirishda ehtiyotkorlik choralariga eʼtibor berishingizni soʻraymiz.

Oʻgʻirlik jinoyatidan jabrlanib qolmaslik uchun yashash joyingizda eshik va derazalarning mustahkamligiga eʼtibor qaratib, videokuzatuv kameralari va qoʻriqlash hizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Transport vositalarini qarovsiz yoki salonida pul, qimmatbaho buyumlar bilan qoldirmang. Chorva mollarni dala maydonida qarovsiz qoldirmaslikka chaqiramiz.

Oilalarda, tanishlaringiz orasida yer, suv, uy-joy va boshqa masalalarda nizolar paydo boʻlsa zudlik bilan hududiy ichki ishlar idoralariga xabar bering. Bunday masalalarni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mahalla vakillari bilan birgalikda hal etishga harakat qiling.

Avtomashina boshqarishda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qiling, yoʻl harakati ishtirokchilariga hurmat bilan munosabatda boʻling. Sababi, yoʻldagi har bir qoidabuzarlik mudhish, ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hech qachon esingizdan chiqarmang. Farzandlaringizni yoʻlning qatnov qismiga yaqin joylarda qarovsiz qoldirmang.

Hurmatli vatandoshlar!

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda biz – huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari Siz azizlarning yordamingizga ishonamiz va suyanamiz. Davlat organlari, sektorlar, jamoatchilik vakillari va fidoiy fuqarolar bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tumanimizni, har bir ovul va mahallani, har bir oilani jinoyatdan holi hududga aylantirishimizga ishonaman.

Sizlarni mazkur profilaktik chora-tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Ulugʻbek Xudoyberganov, Amudaryo tumani IIB boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026