ADLIYa BÖLIMI FUQAROLARGA BOLA PARVARIŞI NAFAQA PULLARINI UNDIRIŞDA KÖMAKLAŞDI
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş maqsadida hukumatimiz tomonidan oxirgi yillarda byurokratik tösiqlarni bartaraf qiliş, korruptsiyaviy omillarni yöqotiş hamda oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş yuzasidan köplab islohotlar amalga oşirilmoqda. Ammo şunga qaramay, joylarda mutasaddi xodimlarning eʼtiborsizligi va öz xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraşi oqibatida mazkur ijtimoiy yordam va nafaqalarning vaqtida, töliğiça, öz manzillariga yetib bormayotgan holatlari ham uçrab turibdi.
Tuman Adliya bölimiga şu yilning may oyiga qadar ana şunday holatlar yuzasidan turli mazmundagi ariza va şikoyatlar kelib tuşdi. Murojaatlarni örganiş davomida fuqarolarning 2 yoki 3 oylik bola parvariş pullari özlariga nomaʼlum sabablarga köra tölanmasdan qolgani, bu böyiça tegişli idoralarga qilgan murojaatlari hal qilinmasdan kelinayotgani aniqlandi.
Maʼlumki, Fuqarolik Kodeksining 15-moddasiga muvofiq, davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari mansabdor şaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplaş sudning qarori bilan şu mansabdor şaxslar zimmasiga yuklanişi mumkin.
Mazkur murojaatlarni örganişda aniqlangan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan tuman Adliya bölimi tomonidan Fuqarolik işlari böyiça tuman sudiga daʼvo arizalari kiritildi. Sudda tuman Adliya bölimining fuqarolar L.Ş, Ş.A va I.R.lar manfaatida javobgarlar, yaʼni Örta qalʼa, Xolimbeg ovullari va Döstlik mahalla fuqarolar yiğiniga nisbatan, tölanmasdan qolgan bola parvarişi pullarini undiriş haqidagi daʼvo talablari qisman qanoatlantirildi. Uşbu fuqarolarga tölab berilişi lozim bölgan jami 3 mln. 38 ming söm nafaqa pullari sud hal qiluv qarori bilan undirib berildi.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, özini özi boşqariş organlari tomonidan yöl qöyilayotgan bunday xato va kamçiliklar öz vaqtida, qonun yöli bilan joyida bartaraf qilinsa, birinçidan, fuqarolarning ortiqça ovoragarçiligiga, ularning idorama-idora, sudma-sud yurişining oldini olişga, ikkinçidan, davlat idoralarida ariza va şikoyatlarning, sudlarda iş hajmining kamayişiga yordam bölar edi.
M.Matyusupov,
tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶