«Ayollar daftari»da röyxatda turgan 29 nafar xotin-qizlar Buxoro şahriga sayohatga yuborildi
Mamlakatimizda ayol-qizlarning rolini oşiriş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş, ularni öylantirayotgan muammolarni örganiş va hal qilişning öziga xos yangi tizimi yaratilib, hududlarda “Ayollar daftari” şakllantirildi. Uşbu daftarga qöllab-quvvatlaşga muhtoj, işsiz ayollar kiritildi va manzilli işlarni amalga oşiriş yölga qöyildi. Heç bir ayol-qiz davlat eʼtiboridan çetda qolib ketmasligini taʼminlaş maqsadida bu masʼuliyatli işga Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Özbekiston yoşlar işlari agentligi kabi qator hamkor taşkilotlarning biriktirildi.
Amudaryo tumanida ham “Vaqtinçalik tartib” asosida har bir sektorlar kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoşdan oşgan 1832 nafar ayollar kiritilgan. Şu paytga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1473 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar körsatilgan. Işga muhtoj, işsiz 567 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi. Kasb-hunarga 225 nafar xotin-qizlar qayta öqitildi, tomorqadan foydalanişni yölga qöyiş uçun 55 nafar, tadbirkorlik qilişi uçun kredit olişda 398 nafar ayollarga amaliy yordamlar körsatildi.
Bundan taşqari, 173 nafar boquvçisini yöqotgan ehtiyojmand ayollar, 65 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi bölgan ayollarga, 19 nafar qaramoğida nogiron farzandi bölgan ayollarimizga moddiy yordamlar ajratildi.
16-18-iyun kunlari tumanimizdan «Ayollar daftari»da röyxatda turgan 29 nafar xotin-qizlar Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda Kasaba uyuşmalari federatsiyasi hisobidan Buxoro şahriga sayohatga yuborildi. Buxoro şahriga bir nafar tibbiyot xodimi kuzatuvida sayohatga yöl olgan ayol-qizlar salomatligi muntazam nazoratda böldi.
Butun dunyoni, köplab xorijiy sayyohlarni öziga jalb etib kelayotgan Buxoroi şarifning mahobatli meʼmorçilik yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlariga taşrif buyurgan amudaryolik ayollar ularning tarixi bilan tanişdilar. Ayniqsa, Buxoro amirlarining qarorgohlari bölmiş Ark va Sitorai Mohi Xosa saroylari ularda katta qiziqiş uyğotdi.
Sitorayi Mohi Xosa majmuasi Buxoroi şarifning eng köp qiziqişga sabab böladigan obidalaridan biri hisoblanadi. Buning öziga xos sabablari bor: Buxoroning sönggi amiri Sayid Olimxon asosan Eski şahar markazidagi Ark qörğonida istiqomat qilgan. Amir xos mehmonlarni kutib oliş, köngilxuşlik, hordiq çiqariş uçun esa şaharning eng bahavo nuqtasi, markazdan 4 km şimolda joylaşgan Mohi Xosa yozgi saroyini afzal bilgan. Buxorodagi aksar tarixiy obidalarda gulsimon, yozuvni yodga soladigan naqşlar faol qöllanilgan bölsa, Mohi Xosa bezaklari Yevropa Renessansining mozaikalarini eslatadi.
Sayohat davomida ziyoratçilar Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Labi hovuz kabi meʼmoriy obidalarni, muzeylar va boşqa diqqatga sazovor joylarni ham körişga muvaffaq bölişdi.
Butun islom olamiga donği ketgan Buxoroning yetti pirlarining ziyoratgohlari, buyuk allomalarimizning qabrlarini ziyorat qiliş taomilga köra, Hazrat Abdulxoliq Ğijduvoniy ziyoratgohidan boşlanib, Naqşbandiya tariqatining asosçisi Hazrat Bahouddin Naqşband ziyoratgohi hamda u kişining avliyo maqomiga yetgan Onalarining qabrlarini ziyorat qiliş davomida qiziqarli maʼlumotlarga ega böldilar.
Sayohatçilar uçun har mahalda bepul ovqat, şinam mehmonxona, transport va ekskursovod xizmatlari taqdim etildi. Sayohatçi ayollar yangi kuç, ğayrat va ruhiy quvvat bilan yurtimizga qaytib kelişdi.
Muqaddas Beknazarova, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶