25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:20
Jamiyat 👁 351

“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TIKUV MAShINALARI BERILDI

“AYoLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TIKUV MAShINALARI BERILDI

Bugungi kunda Amudaryo tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari asosida 370 nafar, ayol-qiz “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan. Bu mazkur roʻyxatga kiritilgan ayol-qizlarning 20,1 foizini tashkil qiladi. “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan ayol-qizlardan 287 nafariga kredit ajratish, 12 nafariga huquqiy yordam koʻrsatish, 74 nafariga psixologik maslahat berish orqali muammolari hal qilinishiga koʻmaklashildi.  Shuningdek, ushbu daftar roʻyxatida turgan ayol-qizlarga tuman «Ayollar daftari» jamgʻarmasi hisobidan moddiy yordamlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

19-iyun kuni tuman Amudaryo tuman hokimi oʻrinbosari, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev boshchiligida boʻlim xodimlari Xitoy ovuli hududidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlar holidan xabar olishdi. Yuzma-yuz oʻtkazilgan oʻzaro suhbat chogʻida ayollar muammolari tinglandi. Ularni hal etish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, masʼullar suhbat davomida tumanda kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ijobiy ishlarni taʼkidlash bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf etish choralari haqida ham toʻxtalib oʻtishdi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan ushbu ayol-qizlarga oʻz oilalarini daromad bilan taʼminlashlariga koʻmaklashish maqsadida «Ayollar daftari» jamgʻarmasi hisobidagi mablagʻlardan olingan tikuv mashinalari topshirildi.

Tuman «Ayollar daftari» jamgʻarmasida jami 787 mln. 210 ming 400 soʻm miqdoridagi mablagʻlar shakllantirilgan boʻlib, shundan 129 mln. 850 ming soʻm mablagʻlar 265 nafar boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj 2-guruh nogironligi boʻlgan, qaramogʻida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʻlgan bolalari mavjud xotin-qizlardan har biriga 490 ming soʻmlik bir martalik yordam uchun sarflangan.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Choykul ovulidagi “Ayollar daftarida” roʻyxatda turgan ishsiz  xotin-qizlardan 6 nafariga ham “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olingan tikuv mashinalari berildi.

Aytish kerakki, noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomidagi turar joy uchun 10 nafar ayol-qizga 26 mln. 460 ming soʻm miqdorida ijara kompensatsiyasi, uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan 13 nafar ayolga 12 mln.740 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam, tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollarning 66 nafariga 65 mln. 660 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam, 24 nafar ayol-qizga esa davolanish uchun 55 mln. soʻm miqdorida moddiy yordam,  ishsiz toifasidagi 30 nafar ayolga 120 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻga  tikuv mashinasi berildi. “Ayollar daftari” jamgʻarmasidan jami 279 mln. 860 ming soʻm miqdorida moddiy yordam koʻrsatildi.

Qilichboy ovuli hududida ham “Ayollar daftari” roʻyxatida turgan xotin-qizlar bilan suhbatlar olib borilib, oilaviy sharoitlari, ehtiyoj va imkoniyatlari birma-bir oʻrganildi. Xotin-qizlarga yangi tikuv mashinalari topshirilib, shu orqali oʻz oilalariga daromad olib kirishlari, oʻzlari uchun yaratilgan bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, turmush sharoitlarini yaxshilash yoʻlida ildam qadam tashlashga harakat qilish, yangi ish yaratish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Taʼkidlash lozimki, tibbiy himoyaga muxtoj, ehtiyojmand 92 nafar ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va kerakli dori vositalarini sotib olish uchun bir martalik moddiy yordam pul mablagʻlari ajratilgan, huquqiy yordamga muhtoj 12 nafar ayollarga tegishli yuridik maslahat berilgan, psixologik maslahatga muhtoj 75 nafar ayollarga mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar tashkil etilgan.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Muqaddas Beknazarova, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026