Uyşun ovulida çegara hudud aholisi bilan uçraşuv ötkazildi
Joriy yilning 22-iyun sanasida Amudaryo tumani Uyşin madaniyat markazi binosida çegara hudud aholisi bilan uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuvda tuman xokimining çegara masalalari buyiça yordamçisi Oybek Şomuratov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi xodimi Kuvonç Nuraboyev, Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlariga qaraşli xarbiy kism komandiri Elyor Juraboyev hamda ovuldagi mahallalar raislari, mahalla faollari, köçaboşilari, ovul aholi vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişda aholiga çegara hududda yaşaş qoidalari hamda “Özbekiston Respublikasi davlat çegarasi töğrisida”gi Özbekiston Respubliklasi qonuni hamda “Özbekiston Respublikasi hududida çegara rejimi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi hujjatlarning mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Masʼullar yiğilganlarga Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasi davlat çegarasi töğrisida”gi qonunida belgilangan çegara hududda yaşaş tartib-qoidalariga rioya qiliş, diniy ekstrimizm va terrorizmga qarşi kuraşişda xuşyorlik davr talaba ekanligi, davlat çegarasida örnatilgan muhandislik tösiqlari va inşoatlariga yetkazilgan zarar böyiça fuqarolarning javobgarligi, çegara hududda çorva mollarini boqmaslik, şuningdek, çegara hududdagi ruhiy kasal va spirtli içimlikka berilgan fuqarolarni nazoratga oliş zarurligi töğrisida maʼlumotlar berdilar.
Taʼkidlaş kerakki, mazkur qonun bilan çegara oldi rejimi, çegara oldi zonasiga kiriş, undan ötiş, bu yerda böliş, harakatlaniş hamda işlar bajariş tartibini belgilovçi qoidalar, çegara mintaqasiga kiriş, çiqiş, harakatlaniş, faoliyat olib boriş va yaşaş tartiblari belgilab qöyilgan. Aholi vakillaridan şu kabi qoidalarga qatʼiy amal qiliş lozimligi talab qilinadi.
Maʼlumot tariqasida keltirilişiça, çegara oldi zonasi – davlat çegarasiga tutaş tuman, şahar, şaharça, qişloq, ovul hududi doirasida belgilanadi. Çegara oldi zonasi tarkibiga bunday mintaqa belgilangan joydagi Özbekiston Respublikasining içki suvlari, çegara böyi daryolari, köllari va boşqa suv havzalari suv qismi hamda şu suvlarda joylaşgan Özbekiston Respublikasi orollari ham kiritiladi. Çegara oldi mintaqasida çegara qöşinlari tomonidan kiriş va çiqiş, bu yerda böliş, yaşaş, şaxslar va transport vositalari harakatlanişiga oid qöşimça rejim qoidalari belgilanadi.
Şuningdek, uçraşuvda çegara hududda diniy ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraş va uning oldini oliş, insonlarni turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlariga yöl qöymaslik, şu kabi holatlar uçraganda tezkor çoralar qöllaş, profilaktika tadbirlarini yanada kuçaytiriş lozimligi taʼkidlandi.
Qolaversa, yoşlarimizni nosoğlom ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlaridan asraş, ularning hayotda öz örinlarini topişlari uçun mahalla, jamoatçilik taşkilotlari bilan hamkorlikda işlar olib boriş zarurligi, yoşlarimizni Vatanga muhabbat, uning himoyasiga doimo şay turadigan avlod qilib tarbiyalaş lozimligi qayd etildi.
Yiğilişda masʼullar tomonidan “Özbekiston Respublikasi davlat çegarasi töğrisida”gi qonunda körsatilganidek, çegara oldi hududida çorva mollarini boqiş, yoki ularni qarovsiz qoldiriş, çegara hududini kesib ötişga uruniş, hududda joylaşgan har qanday muhandislik işootlari va tösiqlarga zarar yetkaziş kabilar huquqbuzarlik hisoblanişi tuşuntirilib, bu kabi holatlar sodir etilsa, qonun bilan tegişliça jazo çoralari belgilab qöyilganligi qayd etildi.
Yiğilişda iştirok etgan fuqarolar masʼullarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, çegara hududi aholisi tomonidan berilgan savollarga masʼullar javob qaytardilar. Şuningdek, aholi vakillarining çegara hudud dahlsizligi borasidagi fikr-mulohazalari, takliflari ham tinglandi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶