25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 05:20
Jamiyat 👁 133

Amudaryo tumani tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga XVIII-XIX asrlarga oid buyumlar va jihozlar sovgʻa qilindi

Amudaryo tumani tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga XVIII-XIX asrlarga oid buyumlar va jihozlar sovgʻa qilindi

Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan, doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, anʼanalar va qadimiy yodgorliklarni oʻrganishga va saqlashga intilishi tabiiy. Ayniqsa, bu borada muzeylarning oʻrni beqiyosdir. Chunki muzeylar oʻtmishdan kelgan tarixiy madaniyat, maʼrifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimiga solingan yigʻindisi boʻlib, amaldagi qonun-qoidaga muvofiq ravishda saqlanadi va namoyish qilinadi.

Tumanimizda uzoq va boy tarixga ega boʻlgan oʻtmishimiz haqida xabar beruvchi, ajdodlarimizning turmush tarzi, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat, anʼanalarini kelajak avlodga yetkazish maqsadida tashkil qilingan tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga qiziquvchilarning, unga tashrif beruvchilarning soni tobora ortib bormoqda.

Mazkur muzeydan tarixiy bebaho yodgorliklar, ajdodlarimiz tomonidan foydalanilgan uy-roʻzgʻor buyumlari, oʻtmishda qoʻllanilgan ish qurollari, dehqonchilik hamda hunarmandchilik buyumlari, yerlarni sugʻorishda ishlatilgan asbob-uskunalar, noyob qoʻlyozmalar, qadimiy cholgʻu asboblari, oʻsha davrlarda kiyilgan turfa liboslar oʻrin olgan boʻlib, muzey fondini yanada boyitishga tumanimiz aholisi ham oʻzlarining hissasini qoʻshib kelmoqda.

Jumladan, amudaryolik Davlatboy Eshmonov 22-iyun sanasida muzey zaxirasini toʻldirishga oʻz ulushini qoʻshish maqsadida XVIII-XIX asrlarda yashagan ajdodlarimiz tomonidan foydalanilgan un tegirmoni, sopoldan yasalgan katta xum, shuningdek, ikki tabaqali naqshdor eshik hamda oʻymakorlik bilan ishlangan ikki tabaqali arab yozuvi yozilgan qadimiy darvozalarni sovgʻa qildi.

Yurtdoshimiz Davlatboy Eshmonov tumanimizning tarixida oʻchmas iz qoldirgan, naqqoshlik sanʼati ustalaridan biri Eshmuhammad Naqqoshning beshinchi avlodi boʻlib, muzeyga Eshmuhammad Naqqosh hamda uning oʻgʻli Saʼdulla Naqqoshning rasmlari portretini ham sovgʻa qildi.

2009-yilda nashrdan chiqqan “Amudaryo” kitobida yozilishicha, Mangʻit qalʼasining qurilganligiga 300-yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlib, XIX asrda Eshmuhammad Naqqosh qalʼaning qurilishi loyihasi ustida ishlagan. Ushbu loyihada qalʼa markazida katta va goʻzal minora qurilishi hamda markazdagi tosh koʻchaning eni 16 metr boʻlishi, Mangʻit xonlikdagi eng chiroyli qalʼalardan biri boʻlishi rejalashtirilgan boʻlib, ayrim sabablarga koʻra loyiha oʻz nihoyasiga yetkazilmagan.

Shuningdek, kitobda keltirilishicha, Eshmuhammad Naqqosh Xiva xoni maslahatchisi boʻlgan, xonlik davrida yetishtirilgan paxtaning “Amerika” navi urugʻini olib kelib yetishtirgan.

Davlatboy Eshmonov kabi tuman muzeyini boyitishga hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizdan Abdulla Ortiqov muzeyga XVIII-XIX asrlarga tegishli, uy-roʻzgʻorda foydalanilgan, misdan yasalgan, qadimiy koʻzani sovgʻa qildi. Shuningdek, Choykoʻl ovulidagi Rajabboy Yeshjonovlar oilasi shu davrga tegishli, oʻtmishda ajdodlarimiz kiygan liboslardan biri boʻlgan "Sang-sang" poʻstin hadya qildi.

Muzey maʼmuriyati bundan bagʻoyat xursand boʻldilar hamda muzey zaxiralarini toʻldirishga yordam bergan eksponatlar egalariga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Aytish kerakki, tuman muzeyi zaxirasini doimo boyitib borish, toʻplangan muzey ashyo va kollektsiyalarini kelajak avlodlarga bus-butun holatda yetkazish, asrab-avaylash har birimizning burchimiz boʻlib, alohida masʼuliyat talab etadi. Muzeydagi har bir ekspozitsiya oʻzining maftunkorligi, tarixiy ahamiyati va judayam boy tarixiy maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab olgani bilan ahamiyatli hisoblanadi. 

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026