Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan sayyor qabul ötkazildi
25-iyun kuni tumanimizda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan sayyor qabul ötkazildi. Sayyor qabul Çoyköl ovulida tuman Maktabgaça taʼlim bölimiga qaraşli 30-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida bölib ötdi.
Sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirining birinçi örinbosari Tirkaşboy Bayjanov, Kadrlar masalalari böyiça mutaxassis Islom Yembergenov, Bolalar salomatligi va xavfsiz ovqatlanişini taʼminlaş bölimi mutaxassisi Rohat Işmuratov, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari böyiça mutaxassis Begdiyar Tleuov, Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş mutaxissisi Sultonniyoz Xakimniyazov, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi Bobur Qadamovlar qatnaşdilar. Şuningdek, tuman maktabgaça taʼlim bölimi xodimlari, maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari, ota-onalar iştirok etdilar.
Sayyor qabul jarayonida mutasaddilar mamlakatimizda maktabgaça taʼlim sohasidagi islohotlar, bolalarni maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qabul qiliş, kadrlar salohiyatini oşiriş, xodimlarning malakasini oşiriş, Maktabgaça taʼlimni boşqariş axborot tizimi, yaʼni EMIS dasturida işlaş va davlat xizmatlari markazi tomonidan bolalarni maktabgaça taʼlim taşkilotlariga navbatga qöyiş böyiça kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar böyiça keng turda tuşunçalar berib ötdilar.
Sayyor qabulda “Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat maktabgaça taʼlim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida» 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga özgartirişlar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mazmun-mohiyati xususida ham söz yuritildi.
Masʼullar sayyor qabulda iştirok etayotganlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar. Iştirokçilar tomonidan yöllangan murojaatlarni hal qiliş hamda ularni qiynayotgan muammolar öz yeçimini topişida tegişli maʼullar bilan kelişildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶