QUROL MUOMALASI SOHASIDAGI TARTIB-QOIDALARNI BILASIZMI?
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabr kungi 810-son “Qurol muomalasi sohasida ruxsat beriş tartib-taomillarini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga köra, yuridik va jismoniy şaxslardagi mavjud pnevmatik qurollar 2021-yil 27-iyun kuniga qadar Içki işlar organlarida röyxatga qöyilişi, agar belgilangan muddat ötganidan keyin röyxatga qöyilmagan, ruxsatnoma olinmagan pnevmatik qurol aniqlangan taqdirda Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasi bilan javobgarlikka tortilişi belgilab qöyilgan. Şuningdek, mazkur Qarorga muvofiq oğiz qismidagi quvvati 7,5 jouldan kam va qalibri 4,5 millimetrgaça bölgan pnevmatik quroli va oğiz qismidagi quvvat 3 jouldan kam bölgan pnevmatik sport quroli hamda körsatib ötilgan qurol turlarining öq-dorilari muomalasi sohasidagi harakatlar va faoliyati vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz amalga oşirilişini, tiğli, sovuq ov va signal beruvçi qurolni oliş, realizatsiya qiliş, saqlaş, olib yuriş va taşiş vakolatli organlarning ruxsatnomalarimiz, ovçilik jamoat birlaşmasi tomonidan berilgan ovçilik guvohnomasi asosida amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, yuqoridagi toifaga kiruvçi pnevmatik qurolning öq-dorilarini oliş, realizatsiya qiliş, saqlaş, olib yuriş va taşiş vakolatli organlar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma va ovçilar jamoat birlaşmasi tomonidan berilgan ovçilik guvohnomasi asosida amalga oşiriladi.
Tumanimizda yuqoridagi Qaror talablaridan kelib çiqib, aholi örtasida pnevmatik va ov quroli uçun möljallangan öq dorilari muomalasini tartibga soliş hamda mavjud qonun-qoidalarga amal qiliş böyiça doimiy ravişda tuşuntiriş işlari olib borilayotganligi sababli jismoniy şaxslarga qurol muomalasiga doir ruxsatnomalar ularning arizalariga muvofiq öz vaqtida rasmiylaştirilib borilmoqda. Olib borilgan tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari natijasida jismoniy şaxslar qölida saqlovda bölgan va tegişli ruxsatnomalari bölmagan pnevmatik quroli va ov quroli, şuningdek, ötkir tiğli qurollar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravişda tuman Içki işlar bölimiga olib kelib topşirilmoqda.
Xususan, Bosuv mahallasida istiqomat qiluvçi 1987-yilda tuğilgan fuqaro Sardor Karimov işdan kelayotib mahalla hududidagi “Qoraözak metangaz” masʼuliyati çeklangan jamiyati yaqinidan qora yelim xaltaga öralgan öqotar qurol topib olib, uni zudlik bilan tuman Içki işlar bölimiga olib kelib topşirdi. Natijada loqayd bir odam ehtiyotsizligi tufayli tuşirib qoldirgan uşbu öqotar quroli yoş bolalarning qöliga tuşib qolişining, şu bilan birga jiddiy xavf-xatarning oldi olindi.
Öqotar quroli – u qaysi turda bölişidan qatʼiy nazar, öz nomi bilan sovuq qurol, undan foydalaniş qoidalarini bilmagan odam uçun ham, atrofdagilar uçun ham xavfli.
Şunday ekan, qadrli yurtdoşlar! Jismoniy şaxslarning qurol muomalasiga doir ruxsatnoma beriş töğrisidagi arizasi körib çiqilganligi, ruxsatnomaning amal qiliş muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylaştirilganligi va uning dublikati berilganligi uçun yiğim undirilişi qatʼiy nazoratga olinadi va qaysi turdagi qurol egasi bölişidan qatʼiy nazar, jismoniy şaxslar mavjud qonun-qoidalarga amal qilişga majbur. Bundan közlangan maqsad jamiyat osoyiştaligini, xalqimiz va har bir fuqaroning tinç-xotirjam hamda soğ-salomat yaşaşini taʼminlaşdir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶