“IJTIMOIY HIMOYa YaGONA REYeSTRI” ORQALI IJTIMOIY NAFAQA VA MODDIY YoRDAM TAYINLAŞ BÖYIÇA ÖZGARIŞLAR KIRITILDI
Bugungi kunda ikki yoşga bola parvarişi böyiça 14 yoşgaça bolali oilalarga nafaqa va kam taminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaş Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi “Aholini Ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş hamda sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisidagi 122-sonli Qarori bilan tasdiqlangan” kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya Yagona reyestri” Axborot tizimi orqali aniqlaş va ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlaş va tölaş töğrisida”gi qarori asosida amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari, Özbekistonda doimiy yaşab kelayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar, nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş uçun ariza bilan murojaat etişi mumkin. Arizalar har oyning 16 sanasiga qadar fuqarolarning doimiy yaşaş manzili yoki vaqtinçalik yaşaş manzili böyiça özini-özi boşqariş organlariga taqdim etiladi va tegişli hujjatlar ilova qilinadi.
Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari uşbu hujjatlarni oyning 19-sanasigaça Pensiya jamğarmasi tuman bölimiga taqdim qiliş kerak.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa yoki moddiy yordam tayinlaşda tartibga köra oila aʼzolarining barça rasmiy daromadlari, şuningdek, oilaning har bir aʼzosiga töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromadning hisob-kitobi, oila aʼzosi nomida mavjud bölgan köçmas mol-mulki va avtotransport vositalari töğrisida maʼlumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar «Yagona reyestr» AT tomonidan avtomatlaştirilgan tarzda idoralararo elektron özaro hamkorlikni qöllagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.
Oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etiş va unga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa, moddiy yordam tayinlaş yoki tayinlaşni rad etiş «Yagona reyestr» AT tomonidan avtomatlaştirilgan tarzda amalga oşiriladi.
Quyidagi holatlar mavjud bölganda, oilani kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etiş va unga tegişli ravişda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa yoki moddiy yordam tayinlaş rad etiladi:
a) ariza beruvçi oilasining har bir aʼzosiga töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromad uşbu Nizomda belgilangan mezondan oşganda;
b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan maʼlumotlar böyiça köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvçi va uning oila aʼzolarida jami bittadan ortiq köçmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bölganda;
v) ariza beruvçi yoki uning oila aʼzolarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda öz nomiga rasmiylaştirilgan yoki boş işonçnoma asosida foydalanilayotgan, işlab çiqarilgan muddati 7-yildan oşmagan, texnik holati soz bölgan avtotransport vositasi mavjud bölganda; jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bölgan avtotransport vositalari mavjud bölganda;
g) ariza beruvçi va uning oila aʼzolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza bergan oyda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining beş baravari va undan ortiq miqdorda mablağlari mavjud bölganda;
d) ariza beruvçi va uning oila aʼzolarida ariza bergan oyda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining beş baravari va undan ortiq miqdorda bozor qiymatidagi qimmatli qoğozlari mavjud bölganda;
ye) Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qömitasi, Mudofaa sanoati davlat qömitasi hamda ularning tizimidagi taşkilotlarning xizmatçilari va xodimlari yoki ularning oila aʼzolari tomonidan arizalar taqdim etilganda moddiy yordam tayinlanmaydi.
Şuningdek, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa yoki moddiy yordam oluvçi va uning oila aʼzosi tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmagan holda takroriy ariza taqdim etilganda ham nafaqa tayinlaş rad etiladi. Bunda takroran taqdim etilgan ariza «Yagona reyestr» ATga kiritilgandan söng, ariza körib çiqilmasdan, arizaçiga rad javobi arizada körsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga jönatiladi.
Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan işsizlik nafaqasini olayotgan aʼzolari mavjud bölganda, oilada oxirgi 12 oy davomida iş qidirayotgan aʼzosi mehnat organlarining maqbul keladigan işga doir takliflarini muntazam ravişda rad etganda, daromadlarning rasmiy manbalariga ega bölmagan va oxirgi olti oy mobaynida iş izlab, mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, özini özi band qilgan şaxslar röyxatiga kiritilmagan yoki haq tölanadigan jamoat işlari iştirokçisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli aʼzosi mavjud bölganda ham nafaqa tayinlanmaydi.
Uşbu bandda körsatilgan mezonlar asosida bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa yoki moddiy yordam tayinlaş rad etilganda, ariza beruvçiga xabar «Yagona reyestr» AT orqali rad etiş sabablari körsatilgan holda elektron şaklda arizada körsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga yuboriladi.
S.Kamiljanov, tuman Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi Yagona reyestr şöʼbasi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶