MÖL HOSIL – XALQ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boşlab Prezidentimiz boşçiligida barça sohalar kabi qişloq xöjaligida ham keng qamrovli islohotlar amalga oşirilmoqda. Sohani rivojlantirişga qaratilgan iqtisodiy islohotlar, qabul qilingan qator Qonunlar, Farmon va Qarorlar, Dasturlarning hayotga izçil tatbiq etilişi natijasida mamlakatimizda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişda doimiy rivojlanişga erişilmoqda. Sohadagi eng katta iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega yutuqlarimizdan biri, şubhasiz, istiqlolning dastlabki yillaridanoq davlatimizning ğalla mustaqilligiga erişganidir. Zero, xalqimizning bugungi farovon hayoti ana şu ğalla mustaqilligi tufayli, desak adaşmaymiz.
Muhtaram Prezidentimizning "Özbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oşirişning muhim zahiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyadagi nutqida bildirilgan quyidagi fikrlar barçamizning qalbimizni ğurur-iftixorga töldiradi: "Istiqlol yillarida, yaʼni ötgan 22-yil davomida qişloq xöjaligida amalga oşirilgan tub islohotlar natijasida ğalla yetiştiriş hajmi 1 million tonnadan 7,8 million tonnaga yetdi va Özbekiston ğalla eksport qiladigan mamlakatlar qatoridan joy egalladi”.
Bu kabi natijalarga erişişda özlarining fidoyi mehnatlari bilan hissa qöşib kelayotgan tumanimiz ğallakorlari bu yil ham davlatga ğalla sotiş böyiça kontraktatsiya şartnomalarini Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi bölib bajarişga erişdilar. 3000 gektar ğalla maydonida yetiştirilgan 11 ming tonnadan ortiq möl hosilning 5530 tonnasi kontraktatsiya şartnomasi asosida davlat xazinasiga topşirilib, qolgan qismi aholi ixtiyorida qoldi.
Bu yilgi mavsumda buğdoy ekişdan tortib to uni yiğib olişgaça bölgan jarayonda işlar tizimli ravişda taşkil qilindi va barça agrotexnika tadbirlari öz vaqtida, sifatli bajarildi. Jumladan, kuzgi buğdoyni oziqlantiriş, dalaga maʼdanli va mahalliy öğitlar çiqariş işlarining sifati doimiy nazorat qilib borildi. Erta bahorda bargdan oziqlantiriş va zararkunanda haşarotlarga qarşi kuraş işlari ham agrotexnik qoidalarga muvofiq bajarildi. Texnikalar uçun yetarli miqdorda yonilği-moylaş materiallari zahirasi yaratilib, mavsum davomida dalaning boşiga yetkazib berildi. Natijada bu yil ham kuzgi buğdoydan möl hosil yetiştirildi va iyun oyining birinçi ön kunligidan boşlab buğdoy örim-yiğim işlariga kirişildi.
Örim-yiğim işlarining muvaffaqiyatli ötişini taʼminlaş maqsadida 6 ta örim-yiğim otryadlari tuzildi va bu otryadlarga 17 ta iş unumdorligi yuqori bölgan zamonaviy "Klaas – Dominator” va "Klaas – Mega” kombaynlari biriktirildi. Kombayn haydovçilarining unumli işlaşlari uçun dala boşida barça qulayliklar yaratib berildi, ularga örim-yiğim mavsumida jami 10 million 200 ming söm miqdorida naqd pul mablağlari iş haqi sifatida berildi.
Örim-yiğim işlari konveyer usulida taşkil etildi, yaʼni, yetiştirilgan hosil kombaynda örilib, transportlar vositasida don qabul qiliş maskaniga uzluksiz ravişda taşib keltirildi.
"Taxiatoş don mahsulotlari” hissadorlik jamiyatining "Manğit don” filialiga qaraşli Qipçoq don qabul qiliş maskanida taşib keltirilgan ğalla hosilini töxtovsiz ravişda qabul qiliş va tegişli örinlarga tökib, quritiş hamda tozalaş işlari uyuşqoqlik bilan olib borildi.
Buğdoy örim-yiğimi mavsumida "Dörman” ovulidagi fermer xöjaliklari peşqadamlik qildilar va tumanda birinçi bölib yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan ado etdilar. Şuningdek, "Xolimbeg”, "Qipçoq” va "Örta qalʼa” ovullaridagi fermer xöjaliklari ham ilğorlar safidan joy oldilar.
Ayniqsa, "Yusuf xöja”, "Boği Eram”, "Ismoilov Sardorbek”, "Xolmurodov Karim”, "Kamoliddin Bekniyoz”, "Ermetov Raşid”, "Bektemir Jumatov”, "Xidirov Nurulla”, "Eşniyozov Yöldoş” fermer xöjaliklari gektaridan 25-30 tsentnerdan hosil olib, yuqori hosildorlikka erişdilar.
Prezidentimizning joriy yil 9-iyundagi "2014-yil boşoqli don ekinlari hosilidan böşagan yerlarni şudgorlaşni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida ğalladan böşagan yerlar somonlardan tozalanib, peşma-peş şudgor qilindi.
Yaqindagina muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan tanişiş maqsadida Farğona viloyatida bölib, qişloq xöjaligi sohasi ilğorlari bilan muloqotida taʼkidlaganidek, "Bu yil mamlakatimizda ğalladan möl hosil yetiştirildi. Bu, avvalambor, yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalik, xalqimizning hamjihatligi tufaylidir. Tinçlik bölgan joyda mana şunday möl-kölçilik, farovonlik böladi, odamlar öz maqsadlarini röyobga çiqaradi”.
Şuni işonç bilan aytamanki, yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalik, xalqimizning hamjihatligi evaziga yetiştirilgan möl ğalla hosili, uyilgan baland "qirmizi don” xirmoni, albatta, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, tumanimiz ğallakorlarini, rizq-rözimiz bölgan ğallani yetiştiriş hamda örib-yiğib olişda iştirok etgan barça fidoyilarni katta mehnat zafari – 5530 tonnalik yuksak ğalla xirmoni bunyod etilib, şartnomaviy reja bajarilgani bilan tabriklayman. Xalqimiz farovonligi, dasturxonlarimiz tökinligi uçun har gektaridan yana 5 tsentnerdan, jami 1500 tonna qöşimça ğalla topşirib, yuksak ğalla xirmonini Vatanimiz mustaqilligining 23 yilligiga töyona qiliş maqsadi bilan mehnat qilayotgan azamat ğallakorlarimizga "Hormang, aziz ğallakorlar!”, - deymiz.
Anvar YÖLDOŞEV,
tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶