FAVQULODDA VAZIYaTLAR BÖLIMI OGOHLANTIRADI: KUÇLI ŞAMOLDA BAXTSIZ HODISALARDAN EHTIYoT BÖLING!
Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga köra, joriy yilning 8-iyulida Özbekistonning şimoliy hududlariga, 9-10-iyul kunlari Respublikamizning barça hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida şakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
7-iyulda Qoraqalpoğistonda, 8-10-iyul kunlari respublikaning barça hududlarida baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Baʼzi joylarda esa çangli böron bilan 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Şu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan kuçli şamol kuzatilganda köçada harakatlanmaslik, avtomobillarni daraxtlar va boşqa turli mustahkam bölmagan konstruktsiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qöyişni söraydi.
Özingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.
AMUDARYo TUMAN FAVQULODDA VAZIYaTLAR BÖLIMI

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶