21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 16:30
Jamiyat 👁 323

TUMAN GAZETASINING BIRINÇI MUHARRIRI

TUMAN GAZETASINING BIRINÇI MUHARRIRI

Darhaqiqat, tumanimizdagi barça jurnalistlarning ustozi, tajribali jurnalist va muharrir Sobir Yusupov tuman matbuotida özidan öçmas iz qoldirdi. Agar hayot bölganlarida bu yil tabarruk yuz yoşini birgalikda nişonlagan bölardik.

Rahmatli ustozim Sobir Yusupov Xitoy qişloğida tuğilib, taʼlim-tarbiya olgan, yoşligidan matbuotga, jurnalistikaga juda qiziqqan. U 1940-yildan oldin “Sotsializm yöli” tuman gazetasida işlay boşlagan. Oddiy xodimlikdan muharrirlik darajasiga yetişgan. Yurtimizni faşistlardan ozod etişda ham iştirok etgan. Uruşdan yarador bölib qaytgaç, yana “Sotsializm yöli” gazetasida jurnalistlik faoliyatini davom ettirgan.

1957-yilning dekabr oyi oxirida Xorazm viloyatining Manğit va Qoraqalpoğiston Respublikasiga qaraşli Qipçoq tumanlari birlaştirilgan, öşa paytda Sobir Yusupov Qipçoq tumani vakili sifatida yangi tumanga nom tanlaş hayʼatida qatnaşgan. Yöldoş Fayzullayev esa Manğit tumani vakili bölgan. Rahmatli Yöldoş Fayzullayev suhbatlarning birida “tumanga Amudaryo deb nom berişni S.Yusupov taklif etdi” degandilar.

1958-yilning yanvar oyidan boşlab, yangi tumanda “Amudaryo haqiqati” degan gazeta taşkil etilib, uning birinçi muharriri ustozimiz Sobir Yusupov bölganlar. Men ustoz bilan 1958-yilning fevral oylarida tahririyatda tanişganman. Ustoz menga maqola va şeʼrlar yoziş böyiça maslahatlar berar, xabar, maqolalarimni gazetada yoritib, rağbatlantirar edi, 1960-yildan tuman gazetalari tugatilib, tumanlararo gazeta “Kommunizm ğalabasi” çiqa boşladi. Bu  davrlarda ustoz partiya va kasaba uyuşma taşkilotlarida işladi.

1965-yilning iyul oyidan tuman gazetalari qayta taşkil qilindi. Şu yili Sobir Yusupov yana “Amudaryo haqiqati” gazetasi muharriri bölib işlay boşladi. Ustoz meni 1966-yil yanvar oyida gazetaga işga taklif etdi. Dastlab adabiy xodim, keyinçalik bölim mudiri vazifalarida birgalikda işlaganmiz.

Ustoz Sobir Yusupovning şogirdlari juda köp edi. Tursunboy Davlatboyev, Sobir Qutlimurodov, Nurilla Xudoyorov, Qodir Ollamurodov, Yöldoş Ernazarov, Jumamurod Erimmatov, Gulnora Matyoqubova, Safo Matçonov, Tursunboy Sultonov, Qurbonboy Ollamurodov, Ollambergan Jumaniyozov, Guljon Kenjaboyeva, Bibihojar Dösniyozovalar Sobir Yusupovda saboq olgan, munosib şogirdlari edilar.

1975-yilda ustoz Sobir Yusupovni tuman partiya taşkilotiga işga olişdi, u yerda tarğibot bölimi mudiri örinbosari bölib işladi. Keyinçalik pensiyaga çiqdi. 1985-87-yillarda, yaʼni vafot etguniga qadar yana “Amudaryo haqiqati” gazetasida maxsus muxbir bölib, samarali işladi.

Qadrdon ustozimiz maqolalar yoziş bilan birgalikda şeʼrlar ham yozardi, şu boisdan u gazetaga muharrirlik qilgan paytda “Adabiyot sahifasi” oyda ikki-uç marta çiqardi. Tayyorlab berilgan şeʼr va hikoyalar gazetaning barça sonlarida yoritilib turilardi. 1985-87-yillarda gazetada ustozning juda köp tuyuqlari yoritildi, şu jumladan, şeʼrlari ham. Yoritilgan ijod namunalari ikki kitob qilib bosişga yetadi, çamamda. Bularning bari ustozdan qolgan öçmas izlardir. Şuningdek, u Töxta momomiz bilan uzoq yaşab farzandlar, nevaralar körişdi. Ayni kunda çevaralari ham jamiyatimizning faol aʼzolaridan biri. Nevarasi Zumrad Bekatova esa ayni kunda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik Palatasi deputati bölib, elimizga xizmat qilmoqda.

Uşbu maqolani yozişdan maqsad, ustoz ruhiga yana bir marta ehtirom körsatmoq, zamondoşlarining, şogirdlarining u haqdagi xotiralarini gazetada yoritilişiga turtki bölişdir. Biz uçun qadrli bölgan ustozimizning 100 yillik yubiley tadbirini kuz oylarida ötkaziş niyatimiz bor.

Ilohim, ruhingiz şod, iymoningiz hamroh, oxiratingiz obod bölsin, Ustoz!

 

Saʼdulla XÖJANIYoZOV,

faxriy jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026