Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tumanda sayyor qabul ötkazdi
8-iyul kuni Amudaryo tumanida Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasining sayyor qabuli bölib ötdi.
Sayyor qabulda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği örinbosari Adil Erenov, boşqarma yuridik byurosi boşliği Törebek Gaipov, boşqarmaning Amudaryo tumani filial boşliği Şokirjon Davlatovlar hamda aholi vakillari iştirok etdilar. Qabul jarayonida dastlab sohaga oid qabul qilingan qator qonun hujjatlari mazmun-mohiyati xususida söz yuritildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni taʼminlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni mazmun-mohiyati haqida tuşunçalar berildi.
Mazkur farmon bilan yerga oid munosabatlarda yangiça tartiblar belgilanişi közda tutilgan bölib, yerni haqiqiy maʼnoda bozor aktiviga aylantirişga xizmat qiladi. Jumladan, 2021-yil 1-avgustdan boşlab yer uçastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga — doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratilişi belgilangan.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtinça foydalaniş huquqi bilan yer ajratiş tartibi bekor qilinib, bunda ilgari ajratilgan yer uçastkalariga bölgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qolişi körsatilgan.
Şuningdek, mazkur hujjatga köra, barça hollarda yer uçastkalari faqat böş turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratilişi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning özida yer uçastkasini olib qöyiş, zaxiraga oliş, boşqa şaxsga ajratiş yer beriş tartibini buziş hisoblanişi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortiş uçun asos bölişi belgilandi. Bundan taşqari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qaror, farmoyiş yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilindi.
Sayyor qabul aholi vakillari tomonidan yöllangan murojaatlarni tinglaş bilan davom ettirildi. Qabul jarayonida, fuqarolar tomonidan jami 10 ta murojaatlar kelib tuşdi. Murojaatlarning aksariyatini fuqarolarning köçmas mulk obektlariga kadastr hujjatini rasmilaştiriş va davlat röyxatidan ötkaziş mazmunidagi masalalar taşkil etdi.
Şuningdek, qabulda kadastr hujjatining dublikatini oliş, yer ajratiş, köçmas mulk obektlariga kadastr hujjatlarini tayyorlaş, işlab çiqariş obʼektlarini quriş va fermer xöjaliklarini taşkil qiliş uçun yer maydonlari ajratiş tartiblari kabi qator özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Kelib tuşgan murojaatlardagi masalalar böyiça masʼullar fuqoralarga huquqiy izohlar berdilar va ayrim murojatlar böyiça tegişli tartibda filial xodimlariga topşiriqlar berildi. Fuqarolar tomonidan soha böyiça berilgan savollarga aniq javoblar keltirildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶