YoŞLAR BANDLIGI TAʼMINLANMOQDA
Bugungi kunda yoşlar har tomonlama qöllab-quvvatlanib, ularning öz qobiliyatlarini namoyon etişlari, hayotda öz örnini topişlari uçun imkoniyatlar, şaroitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, işsiz yoşlarni tadbirkorlikka jalb etiş orqali bandligini taʼminlaş ustuvor masalaga aylanmoqda.
Tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi yoşlar bandligini taʼminlaş körsatkiçlarining oşişiga özining munosib hissasini qöşib kelayotgan taşkilot hisoblanadi. Markazda töğri taşkil etilgan iş jarayoni hamda xodimlarning öz işlariga masʼuliyat bilan yondaşişlari natijasida joriy yilning şu davriga qadar tumanimizdagi 425 nafar işsiz yoşlar rejada belgilangan yönalişlar böyiça işga joylaştirildi. Şundan 351 nafari “Yoşlar daftari”da turgan yoşlar hisoblanadi.
Şuningdek, 289 nafar işsiz yoşlardan 253 nafar “Yoşlar daftari”ga kiritilgan bölib, ularni jamoat işlariga biriktiriş orqali bandligi taʼminlandi. 107 nafar yoşlar kasb-hunarga öqitiş hamda malaka oşirişga jalb etildi.
Tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan joriy yilning şu davriga qadar 157 nafar yoşlarga işsizlik nafaqasi tayinlandi.
Qolaversa, yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş, şaxsiy tomorqasini rivojlantiriş, issiqxona taşkil qiliş orqali öz-özini band qilişlariga amaliy yordamlar körsatilmoqda hamda band bölmagan yoşlar safi kamayişiga erişilmoqda.
Farhod Ahmedov,
tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶