25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:59
Jamiyat 👁 246

DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYaT BARQARORLIGIGA TAHDID

DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYaT BARQARORLIGIGA TAHDID

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash – dolzarb vazifa. Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musulmon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar boʻyicha quyidagi nisbatda boʻlinadilar: hanafiylar – 49%, shofiiylar – 25%, molikiylar – 17%, hanbaliylar – 1,5%. Musulmonlarning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi Osiyoda, 30 foizga yaqini Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakat boʻlsa, shundan 40 dan ortigʻida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi. Jumladan, Indoneziyada 210 million, Pokistonda 150 million, Bangladeshda 110 million, Nigeriyada 80 million, Eron va Turkiyada 65 milliondan, Misrda 60 million, Marokash va Jazoirda 30 milliondan, Saudiya Arabistonida 17 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlarning soni 140 milliondan ortgan. Bulardan tashqari Ozarbayjon hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, Ingushetiya, Kabardin-Balqar kabi respublikalari, Markaziy Osiyo davlatlarida ham musulmonlar koʻpchilikni tashkil etishini qayd etish lozim.

Musulmon mamlakatlari neft, gaz va boshqa tabiiy resurslarning ulkan zahiralariga ega. Gʻarb dunyosining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi uglevodorod resurslariga boʻlgan bogʻliqligi yaqin istiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari tabiiy resuslardan maksimal ravishda foydalanib, oʻz iqtisodiyotlarini rivojlantirishga harakat qilmokdalar. Bir qator musulmon mamlakatlarida chet eldan yangi qurol-yarogʻ sotib olish hamda zamonaviy harbiy  infratuzulma  yaratish orqali oʻzining harbiy kuch-qudratini oshirish, hatto ommaviy qirgʻin quroliga ega boʻlishga intilish jarayonlari ham tobora kuchayib bormoqda.

Oxirgi paytlarda Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Indoneziya kabi musulmon davlatlarning xalqaro maydondagi taʼsiri kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, xalqaro islom tashkilotlarining nufuzi ham ortib bormoqda. 1969-yilda  tuzilgan Islom Hamkorlik tashkiloti (sobiq Islom Konferentsiyasi tashkiloti) shu kunga qadar oʻz safiga 57 mamlakatni qamrab olgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.

XX asrning ikkinchi yarmida diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizm ana shu mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda. Keng koʻlam va xilma-xil koʻrinishlar kasb etayotgan ushbu tahdidga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun dunyo uchun ham dolzarb boʻlib qolmoqda.

Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo boʻlgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining oʻchogʻiga aylana boshladi.

Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga boʻlgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, turli diniy eʼtiqod vakillari boʻlgan xalqlar, hattoki, tsivilizatsiyalar orasidagi oʻzaro ishonchga ham soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal toshi boʻlgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojlanishiga toʻsiq boʻlmoqda.

Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Afsuski, diniy liboslarga oʻralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq koʻpchiligi muqaddas islom dinini oʻziga niqob qilib olgan. Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy eʼtiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan koʻp qirrali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatmagan davlatlar zaiflashib, oʻz xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.

Diniy ekstremizm aqidaparastlik va mutaassiblik bilan bogʻliq boʻlib, din sohasidagi salbiy hodisalarning oʻziga xos mantiqiy xalqasi hisoblanadi.

Diniy ekstremistik harakatlar oʻzlarining gʻayriinsoniy gʻoyalari bilan odamlar ongini egallash, diniy shiorlardan foydalangan holda ularni chalgʻitish, jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishish maqsadlarini koʻzlaydilar. Buzgʻunchilik esa ular oʻzlari jar solayotgan, oʻzlari intilayotgan mazmun-mohiyati va shaklu shamoyili nomaʼlum boʻlgan jamiyatga erishishning yoʻli sifatida chiqadi.

Ekstremistik tashkilotlar kurashning terrordan boshqa yoʻlini rad etishini, jangariligi hamda yuqori darajada ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi. Noqonuniy qurol-yarogʻ savdosi va narkobiznes yordamida mablagʻlar toʻplash va undan tartibsizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishda foydalanish ekstremistlarning asosiy yoʻli hisoblanadi.

Bugungi kunda diniy shiorlarni oʻziga bayroq qilib olgan ekstremistik oqimlar kishilarni garovga olish, turli qiynoqlarga solish va hattoki, shafqatsiz uslublarda qatl etishdek mudhish ishlarga qoʻl urmoqdalar.

XXI asr boshlarida mazkur harakatlar yanada avj olayotganini koʻrishimiz mumkin. Jumladan, yigirma yil muqaddam 2001-yilning 11-sentyabrida AQShda turli reyslar bilan Nyu-York, Boston va Vashington shaharlaridan uchgan toʻrtta “Boing-757” samolyot 18 nafar terrorchi tomonidan egallab olinib, ularning ikkitasi Nyu-Yorkdagi xalqaro savdo Markazi joylashgan “egizak” binolarga, bittasi esa AQSh qurolli kuchlari shtabi – Pentagonga yoʻnaltirildi. Yana bir samolyot Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill rayoniga qulab tushdi. Oqibatda 2974 kishi hayotdan koʻz yumdi (shu bilan birga 19 ta terrorchi), 10 mingdan ziyod qishi jarohatlandi.

2003-yil 13-noyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan ikki Sinagoga (yahudiylar ibodatxonasi) yonida portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan mashinalar portlatilib yuborilgan. Natijada 25 kishi halok boʻldi va 300 nafar shaxs jarohatlandi. 2004-yilning 11-martida Ispaniyaning Madrid shahridagi 4 ta temir yoʻl bekatida umumiy hisobda 6 ta portlatish amalga oshirildi. Natijada, 200ga yaqin kishi halok boʻldi va 1500 dan ziyod kishi jarohatlandi.  2005-yil 7-iyulda Buyuk Britaniyaning London shahri metrosida bir qancha terrorchilik harakatlari amalga oshirildi. Natijada 56 kishi qurbon boʻldi va 700 nafar kishi turli darajada jarohat oldi. 2005-yil 5-noyabrda Iordaniyaning Ammon shahrida portlatishlar amalga oshirildi. Buning oqibatida 67 begunoh inson hayotdan koʻz yumdi va 295 shaxs jarohatlandi.

2008-yil 26-noyabrdan 29-noyabrgacha “Dekkan Mujohidin” ekstremistik tashkiloti tomonidan Mumbay (Hindiston)dagi “Toj Mahal” mehmonxonasi, shahar shifoxonasi va “Yahudiylar markazi”ga uyushtirilgan terrorchilik xurujlari oqibatida 195 kishi halok boʻlgan, mingga yaqin kishi ogʻir tan jarohati olgan. 2013-yil 21-sentyabrda Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan “Vestgeyt” savdo markaziga Somalidagi “ash-Shabab” tashkiloti jangarilari qurolli bosqinni amalga oshirib, nafaqat boshqa din vakillari, balki islom taʼlimotlarini toʻliq bilmagan musulmonlarni ham qiynoqqa solishgan. Natijada, 70ga yaqin inson hayotdan koʻz yumib, 200dan oshiq insonlar tan jarohati olishgan. Yuqoridagi holatlar bunday harakatlarning koʻlami kengayib borayotganini koʻrsatadi.

Tinchlik – urush va nizolarga barham berish orqaligina taʼminlanadi. Afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yoʻli bilan oʻz maqsadlariga erishishni koʻzlaydigan kuchlar bor ekan, sunʼiy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham toʻxtamaydi. Bunga 2011-2013-yillarda baʼzi arab mamlakatlarida roʻy bergan va hamon davom etayotgan siyosiy inqirozlar oqibatida yuzaga kelgan qonli toʻqnashuvlar misol boʻla oladi. Mazkur ommaviy tartibsizliklar tufayli Tunisda 300 nafar, Misrda 800 nafar, Liviyada 14 ming nafar, Suriyada 140 mingga yaqin kishi halok boʻlgan.

Yaqin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan “Iroq va Shom islom davlati” (IShID) tashkiloti tomonidan 2013-2014-yillar mobaynida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etilgan, oʻz joniga qasd qiluvchi terrorchilar tomonidan 80ga yaqin portlashlar amalga oshirilgan. Suriyada “IShID” jangarilari 60dan ziyod cherkov va monastirni vayron qilgan. 2014-yil 14-iyun kuni Iroqning Mosul shahridagi “Al-Isro” masjidi yonida tashkilotga qoʻshilishdan bosh tortgan 12 nafar diniy ulamo namoyishkorona qatl etilgan.

Terrorizmning moliyaviy manbalari. Zamonaviy terrorizm xilma-xil moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Terrorchi tashkilotlarni oziqlantirib turuvchi asosiy moliyaviy manbalar quyidagilar hisoblanadi:

 

Demak ekstremistik va terrorchi kuchlarning moliyaviy manbalariga qarshi hamkorlikda kurash olib borish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Zero, terrorchilarga moliyaviy madad kuchlari yetib kelishda davom etar ekan, ularga qarshi olib borilayotgan kurash natija bermaydi. Bu yoʻlda amalga oshirilishi lozim boʻlgan eng muhim vazifalardan biri giyohvandlikka qarshi hamkorlikda kurashish. Chunki terrorchi kuchlarning asosiy moliyaviy taʼminoti giyohvandlik ortidan keladigan daromad bilan ham bogʻliq.

BMT ekspertlari oʻtkazgan tadqiqotlar xulosalariga koʻra, jahonda har yili taxminan 100 ming narkoman vafot etmoqda. Statistik maʼlumotlar bugungi kunda narkobiznes savdosidan tushadigan daromad yiliga 400 mlrd. dollarni tashkil etishini koʻrsatadi.

Yer yuzi boʻylab bunday illatning tarqalishida diniy-ekstremistik guruhlarning ham oʻziga xos hissasi bor. Birgina “al-Qoida” tashkiloti oʻz moliyaviy mablagʻlarining 40 foizdan ortiqrogʻini narkobiznes orqasidan topishi ham soʻzimizning isboti boʻla oladi.

Shubhasiz, bu yetishtirilayotgan giyohvand vositalarni Markaziy Osiyo mamlakatlari hududi orqali boshqa mintaqalarga tarqatishga harakat qilinmoqda.

Terrorchi guruhlar hozirda oʻz moliyaviy manbalari bilan bank tizimi imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan murakkab aloqa tizimlarini shakllantirishga harakat qilmoqda. Natijada, ushbu manbalarni aniqlash va yoʻq qilish tobora qiyinlashib bormoqda.

Dunyoning koʻpgina davlatlari, jumladan, Oʻzbekistonda ham terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi maxsus qonunlar qabul qilingan. Mazkur yoʻnalishda xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchi shaxslar hamda tashkilotlarga tegishli dunyo banklaridagi hisob raqamlarini “hibsga olish”ga bagʻishlangan 1333, 1390 va 1455-qarorlari deyarli barcha davlatlar tomonidan ijro etilmoqda.

Yuqorida keltirilgan misollardan ekstremistik harakatlar faqat islom bayrogʻi ostida amalga oshirilmoqda, degan xulosaga kelmaslik lozim. Chunonchi, nafaqat islom, balki xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Xususan, “Iyegovochilar”, “Pyatidesyatniklar”, “Tashabbuskor baptistlar” faolligini alohida qayd etish oʻrinli. Masalan, “Tashabbuskor baptistlar” umuman na qonuniy hokimiyat va na dunyoviy qonunlarni tan olmaydi, ularning fikricha, cherkov davlatdan yuqori turadi. “Pyatidesyatniklar”ning baʼzi vakillari esa, oʻz safdoshlarini oʻta shavqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydi va dunyo neʼmatlaridan batamom voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadi. Dunyoning turli hududlarida sodir boʻlayotgan bu kabi mudhish voqealar oqibatida aziyat chekayotgan begunoh kishilar turli millat va din vakillari sanaladi.

Xulosa oʻrnida shuni qayd etish lozimki, ekstremizm va terrorizmni na dini, na millati va na Vatani bor. Bu kabi harakatlarning kishilik jamiyatining nafaqat buguniga emas, balki istiqboliga ham jiddiy tahdid solayotgan omilga aylangani, insoniyat unga qarshi bir butunlikda kurashgandagina ijobiy natijalarga erishishi mumkinligini koʻrsatadi.

Joʻrabek Ishayev, Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi
🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026