21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:28
Salomatlik 👁 411

Amudaryo tumani hokimi va hokimlik xodimlari koronavirusga qarshi emlandi

Amudaryo tumani hokimi va hokimlik xodimlari koronavirusga qarshi emlandi

Koronavirus pandemiyasi jahon miqyosida insonlar hayotiga, turmush tarziga oʻzining zararli taʼsirini koʻrsatishda davom etmoqda. COVID-19 virusi dunyodagi barcha davlatlarning har tomonlama iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy jihatdan rivojlanishi uchun toʻsiq boʻlayotgan asosiy omillardan biri boʻlib qolmoqda.

Pandemiyaning zararli oqibarlarini, uning yuqish xavfini kamaytirish, tarqalishining oldini olish maqsadida butun dunyo mamlakatlarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham COVID-19 dan emlash jarayonlari oʻtkazilmoqda. Hozirda yurdoshlarimiz orasida koronavirusdan zararlanish holatlari tobora ortayotganligi sababli, vaktsinatsiya jarayonlari ham kuchaytirilmoqda. Tibbiyot sohasi masʼullari tomonidan aholi oʻrtasida emlashning inson salomatligi uchun afzalliklari haqida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilishi natijasida yurtdoshlarimiz orasida vaktsina olganlar soni tobora ortmoqda.

Joriy yilning 10-iyul sanasida Amudaryo tumani hokimligida koronavirusdan emlash jarayoni oʻtkazildi. Emlashda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokimlik masʼul xodimlari ishtirok etdilar. Tuman tibbiyot birlashmasi masʼul shifokorlari tomonidan dastlab jarayonda qatnashayotganlarning qon bosimlari hamda tana haroratlari oʻlchandi. Ularning meʼyoriy koʻrsatkichda ekanligiga ishonch hosil qilingach, vaktsina bilan emlash jarayoni oʻtkazildi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, vaktsinaning inson salomatligini taʼminlashda qator afzalliklari mavjud. Vaktsinalar tananing tabiiy immuniteti bilan birgalikda kasallik yuqishi xavfini kamaytiradi. Vaktsina inson organizmiga yuborilgandan keyin immunitet tizimi tanaga kirgan mikrobni aniqlaydi va bu mikrobga karshi kurashish uchun antitanachalarni ishlab chiqaradi hamda kasallikka qarshi kurashishni taʼminlaydi. Vaktsina tanada kasallikka qarshi immunitetni ishlab chiqishga koʻmak beruvchi xavfsiz va samarali vosita sanaladi. Kasallik paydo boʻlganidan keyin uni davolashdan koʻra, emlash orqali kasalliklarning oldini olish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, mutaxassislarning taʼkidlashicha, insonlar vaktsina bilan emlanganlaridan soʻng ham, sinovlarda qatnashmoqchi boʻlganlardan ham yoki sinovlar yakunlanib, ijobiy natija chiqqanlarda ham niqob taqib yurishlari talab qilinadi. Vaktsina bilan emlangan kishi organizmida immun tizim ishlashni boshlaydi, bu davrda boshqa kasalliklar yuqishini oldini olish maqsadida imkon qadar boshqa insonlar bilan muloqotda boʻlmaslik va uyda boʻlish talab etiladi. Agar ish jarayonida odamlar bilan muloqotda boʻlishda davom etilsa, boshqa karantin talablariga doim rioya qilish zarur. Qolaversa, sogʻlom turmush tarzini yaratish, sogʻlom va muqobil ovqatlanish, koʻp suyuqlik ichish va yengil jismoniy faollik olib borishni ham davom ettirish kerak.

Aytish kerakki, samarador vaktsinaning ommaviy qoʻllanilishi virus tarqalishini keskin kamaytirishi va oxir-oqibat uni yengishda asosiy omil boʻlishi mumkin.

Yurtdoshlarimizning yurtimizda joriy qilinayotgan karantin qoidalariga qatʼiy roiya qilishlari koronavirus pandemiyasining chekinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, inson salomatligi uchun, eng avvolo, uning oʻzi masʼuldir. Oʻzimiz va yaqinlarimiz salomatligi har birimizning qoʻlimizda ekanligini inobatga olib, karantin tartib-qoidalariga amal qilaylik va, albatta, emlash jarayonlarida ishtirok etaylik.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026