25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:59
Jamiyat 👁 268

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh – ASOSIY MAQSADIMIZDIR

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh – ASOSIY MAQSADIMIZDIR

Har bir qonun yaxshilikni koʻzlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi va har birimizga daxldor boʻladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir.

Korruptsiya nima? Bu haqda hammaning oʻziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. Qonunda unga shunday taʼrif berilgan: «korruptsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish». Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʻyish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qoʻyilgan.

Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur oʻrganib, hayotimizga tatbiq etishga intilish, sodda qilib aytganda, korruptsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Dunyoda korruptsiyaning turi ham, tavsifi ham juda koʻp. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yoʻllarini topish boʻyicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar oʻtkazilgan. Turli koʻrsatkich va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, oʻziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korruptsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda.

Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korruptsiyaga qarshi oʻziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yoʻl hali topilgan emas. Chunki korruptsiya bir qarashda oddiy jinoyat boʻlib koʻringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir. Bir davlatda natija bergan usul boshqa davlatda u qadar samara koʻrsatmasligi mumkin. Shuning uchun har bir davlat va jamiyat korruptsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Korruptsiya soʻzi «sotish», «sotilish» degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Rahbar yoki masʼul kishi qanday qilib korruptsiyaga qoʻl uradi? Bunga qanday omillar sabab boʻladi? Bu savollarga javob har xil boʻlishi mumkin. Lekin shunisi aniqki, sotadigan, sotiladigan odam hech bir vazifani koʻngildan bajarmaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻ-eʼtiborini oshirishga qaratilgan.

Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun bu boradagi islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratmoqda, bu esa xalqimizda katta umid uygʻotmoqda. Zero, korruptsiyaga qarshi kurashish tom maʼnoda barchamizning burchimizdir.

S.Davletmuradov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.

A.Abdukarimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026