25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:58
Jamiyat 👁 274

MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMI MASʼULLARI TOMONIDAN SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMI MASʼULLARI TOMONIDAN SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Joriy yilning 12-iyul sanasida Amudaryo tumanining Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻinida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazilib, unda Amudaryo tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimining faoliyati, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi hamda atroflicha muhokama qilindi.

Oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Guljahon Asqarova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi masʼullari ishtirok etdi.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi mutasaddilari Amudaryo tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan va istiqboldagi rejaviy tadbirlar hamda oʻtkazilayotgan tadbirlarning mahalla aholisi hayotida tutgan oʻrni, ijobiy samarasi bilan qiziqib, amalga oshirilgan har bir ishni tahlil qildilar. Shu bilan birga aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻz taklif hamda tavsiyalarini berdilar.

Shundan soʻng, masʼullar tomonidan Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda Choykoʻl, Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini hamda Oybek nomli, Bosuv mahallalari fuqarolar yigʻini aholisi ishtirok etdi.

Qabul davomida kelib tushgan 19 ta murojaatning 12 tasi masʼullar tomonidan mufassal oʻrganilib, joyida ijobiy hal etildi. Shu bilan birga aholini qiynab kelayotgan muammolar masʼullar tomonidan tinglanib, zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi. Murojaatlarning 7 tasi tegishliligi boʻyicha idora-tashkilotlarga havola etilib, nazoratga olindi.

Shuningdek, tadbirda tumanning turli hududlarida yashovchi va “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 30 nafar ayol-qizlar bilan oshkora va samimiy muloqotlar oʻtkazildi. “Ayollar daftari”dan chiqishni xohlovchi bir guruh ayol-qizlarning rejalari, orzulari, ezgu niyatlari ham oʻrganildi. Kasb-hunar oʻrganishga, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziquvchi ayollarga alohida tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida  30 nafar “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan ayol-qizlarga “Ayollar jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan esdalik sovgʻalari hamda tikuv mashinalari berildi. Shuningdek, tadbirda tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi rahbariyati va boʻlim xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar ham tilga olinib, boʻlim hayotiga oid boshqa masalalar ham atroflicha muhokama etildi va masʼullar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Boʻlib oʻtgan yigʻilish va sayyor qabul jarayonida ishtirok etgan Choykoʻl, Toʻlqin ovullari hamda Oybek nomli va Bosuv mahallasi aholi vakillarining ogʻzaki murojaatlariga ham masʼullar atroflicha javob berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026