EKSTERRITORIAL TAMOYIL DAVLAT XIZMATLARI KÖRSATIŞDAGI MUHIM QULAYLIK
Eksterritorial tamoyil fuqarolarga, ayniqsa, tadbirkorlarga juda katta qulaylik hisoblanadi. Uşbu tamoyilga ötiş jarayonlari 2019-yilda boşlangan bölib, şu yilning özidayoq davlat xizmatlarini körsatiş uşbu tamoyilga asoslana boşladi.
Eksterritorial tamoyil – bu fuqarolar doimiy, yoki vaqtinça röyxatdan ötgan joyidan va yuridik şaxslar poçta manzilidan, yaʼni joylaşgan yeridan qatʼiy nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiliş imkoniyati hisoblanadi. Prezidentimizning 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlaridan foydalanişda yanada qulay şaroitlar yaratiş, bu borada byurokratik tösiqlarni qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 6191-farmonining qabul qilinişi kelgusida fuqarolarga davlat xizmatlarini körsatişni sifat jihatdan yaxşilaşga va osonlaştirişga xizmat qiladi. Taʼkidlaş joizki, undan közlangan asosiy maqsad davlat organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va boşqa davlat taşkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, ortiqça qoğozbozlik, iş faoliyatini taşkil etiş uçun muhim bölmagan hujjatlarni talab qiliş, ovoragarçilik va sansalorliklarga çek qöyiş böldi.
Farmonga köra, 2021-yil 1-iyunidan etiboran fuqarolarning doimiy yoki vaqtinça röyxatdan ötgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş, nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş va xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş eksterritorial tamoyil asosida amalga oşiriladi. Aytiş kerakki, notarial xizmatlarni amalga oşiriş jarayonida ham fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan boğliq barça maʼlumotlar notarial idoralari tomonidan davlat xizmatlari agentligi yoxud FHDYo organlariga murojaat qilmasdan mustaqil ravişda, fuqarolardan ortiqça maʼlumot talab etmasdan, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Farmonning 9-bandida 2021-yil 1-iyundan eʼtiboran FHDYo organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuboriş va hisobotlarni topşiriş amaliyoti bekor qilindi. Bunda davlat statistika organlari “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga özlarining elektron tizimlarini integratsiya qilgan holda uşbu maʼlumotlarni real vaqt rejimida oladi va statistik maʼlumotlarni şakllantiradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 4193-qarori va 6191-farmonida örnatilgan FHDYo organlari faoliyatining yangi taşkiliy-huquqiy tartib taomillari fuqarolar va yuridik şaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini röyobga çiqarişda, ularning elektron xizmatlardan keng foydalanişini rağbatlantirişda va idoralararo integratsiyani kuçaytirişda muhim rol öynaydi.
Şunday qilib, FHDYo organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinişi hamda tartiblarini örnatişda, avvalo xalq manfaatlarining tobora hisobga olib borilişi fuqarolar va davlat örtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni ijobiy tarzda hal bölişiga katta hissa qöşadi.
M.Eşmuradova, tuman FHDYo bölimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶