YoZ MAVSUMIDAGI KÖNGILSIZ HODISALARDAN EHTIYoT BÖLING!
Yoz mavsumining issiq kunlarida nafaqat bolalar, balki kattalar ham çömilib, yuqori haroratdan saqlaniş, zavq oliş uçun suv havzalariga şoşadi. Bunday kunlarda har bir hududdagi mavjud oçiq va yopiq suv havzalari, daryo va kanallar, köllar çömilişga kelgan turli yoşdagi fuqarolar bilan tölib-toşadi. Ammo tabiatdan bahra oliş paytida ham ehtiyotkorlikni unutmaslik kerak. Agar tartib-qoidaga amal qilinmasa, turli noxuş holatlar kelib çiqişi mumkin.
Kun qattiq qiziyotgan ayni kunlarda oftob tiğida yurgan odamning soğligi yomonlaşib, yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin. Oftob urişidan saqlaniş uçun boşni yengil, oq rangdagi tabiiy tolali boş kiyim bilan, közlarni esa quyoşdan saqlovçi közoynak yordamida muhofaza qiliş tavsiya etiladi. Organizmda suv miqdorini uşlab turişga harakat qiliş, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan daströmol bilan artib turiş, uni issiqlanişdan asraydi.
Ayni çömiliş mavsumi bölgan şu kunlarda ham tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan aholi örtasida suvga çökiş bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu boradagi tegişli rejaga asosan hududlarda tarğibot-tuşuntiriş tadbirlari taşkil qilinib, daryo böylarida suvda ommaviy dam olişni taʼqiqlovçi belgilar, taʼqiqlangan joyda suvga çömiliş böyiça javobgarlik hamda suvga çömiliş bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş böyiça tuşunçalar berilmoqda.
Har mavsumda bunday holatlar bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş borasida turli çora-tadbirlar amalga oşiriladi.
Aholi örtasida yoz mavsumi bilan boğliq köngilsiz hodisalarning oldini oliş böyiça ötkazilayotgan tadbirlar davomida turli plakat, bannerlar örnatilib, suvda çömiliş uçun kelgan fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş maqsadida daryo qirğoqlaridagi notaniş joylarda kiçik hajmli kemalarda, özi suzmaydigan va eşkakli qayiqlarda suzmaslik kerakligi tuşuntirilmoqda. Qayiq egalariga va fuqarolarga tuşuntiriş işlari olib borilib, yöriqnomalar hamda eslatmalar tarqatilmoqda.
Havo harorati yuqori bölgan kunlarda fuqarolarimizdan zarur bölmasa köçaga çiqmasliklarini, issiq ob-havodan saqlanişni hamda yoş bolalarga belgilanmagan joylarda çömilişlariga ruxsat bermasliklarini sörab qolamiz.
B.Tajiboyev, tuman FVB FVDT va FMFTE, XTB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶