25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:17
Jamiyat 👁 437

Qurbon hayiti bayrami arafasida xayr-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda

Qurbon hayiti bayrami arafasida xayr-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda

Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos boʻlgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va oʻzaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini eʼtiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulugʻlash maqsadida 2021-yilda 13-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

Mazkur qaror bilan 2021-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20-iyul – seshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan, mamlakatimizda 20-iyul sanasi Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan 2021-yil 21–22-iyul kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilandi.

Aytish kerakki, xalqimizda azal-azaldan shunday ulugʻ ayyom kunlarida keksalar, boquvchisini yoʻqotganlar, yordamga muhtoj, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, ularni bayram bilan tabriklash, sovgʻa-salomlar ulashish, xayr-ehson qilish, mehr-saxovat ulashish milliy anʼanaga aylangan.

Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari tashabbuslari bilan Qurbon hayiti ayyomi arafasida moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtoj yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga bayram sovgʻalari berildi. Sektorlar rahbarlari tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, ehtiyojmand, “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan insonlar holidan xabar oldilar.

Masʼullar uyma-uy yurish orqali yurtdoshlarimizning yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Aholi bilan dildan suhbat qurib, ularning muammolarini tingladilar hamda ulugʻ Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy tabrikladilar. Mutasaddilar bayram sovgʻasi sifatida turli xil oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalarni hamyurtlarimizga taqdim etdilar. Tumandagi toʻrtta sektor hududidagi jami 400 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga, maʼnaviy koʻmakka muhtoj kishilar xayr-saxovat ishlari davomida har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi.

Tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev ushbu xayr-saxovat ishlari mobaynida uyma-uy yurish orqali 1-sektor hududida yashovchi “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan insonlarning yashash sharoitlari, hayot tarzi bilan yaqindan tanishdi. Yurtdoshlarimiz tuman hokimi bilan suhbat chogʻida oʻzlariga qaratilayotgan bu kabi yuksak eʼtibor hamda har tomonlama koʻrsatilayotgan koʻmakdan turmush tarzi tobora yaxshilanib borayotgani aytib, minnatdorchilik izhor etdilar.

Shu kabi xayrli ishlar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi tomonidan ham amalga oshirildi. Boʻlim masʼullari tumanimiz faollari tomonidan tumanimizdagi yettita mahallarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan kishilar holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari berildi.

Masʼullari tumandagi Arna boʻyi, Farovon, Chordara, Navoiy, Xizr eli, Yuqori qishloq, Yangiobod mahallalarida yashovchi ehtiyojmand insonlarning axvolidan xabar oldilar va bayram bilan tabrikladilar. Moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtoj kishilarga bayram sovgʻasi sifatida bir qop un hamda 5 litr oʻsimlik yogʻi berildi. Hamyurtlarimiz bu kabi xayrli ishdan gʻoyat xursand boʻldilar hamda minnatdorchilik izhor etdilar.

Taʼkidlash kerakki, hayit ayyomi – xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami boʻlib, jamiyatda kishilar oʻrtasida tenglik, totuvlik kabi insoniy fazilatlar rivoj topishida xizmat qiladigan xayr-saxovat ishlarini amalga oshiradigan kundir. Ulugʻ ayyom kunlarida kishilarga, ayniqsa, koʻngli oʻksik insonlarga koʻngilni koʻtaruvchi bir ogʻiz shirin soʻz hamda yaxshi muomala ham tuhfa, ayni paytda savob ishdir.

Yutdoshlarimiz mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, karantin talablariga amal qilgan holda Qurbon hayiti bayrami bilan yaqinlarini, qarindosh-doʻstlarini oʻzaro iliq soʻzlar bilan yoʻqlashi, masofadan turib yaqinlari holidan xabar olishi esa koronavirus pandemiyasi xavf solib turgan bugungi kunning talabidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026