Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldoşevning Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoşlarimizga tabrigi
Aziz vatandoşlar, qadrli yurtdoşlar!
Bugun butun musulmon olami qatori xalqimiz ham muqaddas islom dinidagi qutluğ bayram - Qurbon hayitini keng nişonlamoqda.
Neça asrlar davomida xalqimizning qalbidan mustahkam örin olgan, iymon-eʼtiqodini yuksaltirib, jamiyatimizda bağrikenglik, özaro hurmat va xayr-sahovat tuyğularining barqaror bölişiga xizmat qilib kelayotgan uşbu muqaddas bayram bilan barça yurtdoşlarimizni samimiy tabriklayman!
Bu qutluğ bayramning, umuman, islom dinining mazmun-mohiyatini özida mujassam etgan sabr-qanoat va şukronalik, mehr-sahovat va bağrikenglik, tinçlik va osoyiştalikning, soğlik va salomatlikning qadriga yetiş va boşqa köplab insoniy fazilatlar hamda hislatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan, desak yanglişmaymiz.
Hayit ayyomida yaqinlarni yöqlaş, ehtiyojmand oilalarga yordam qölini çöziş, ötganlar ruhiga Qurʼon tilovat qiliş, yoşi uluğlarning duolarini oliş kabi islomiy va insoniy fazilatlar yanada yaqqolroq namoyon böladi.
Afsuski, koronavirus pandemiyasi bu yil ham Qurbon hayiti bilan boğliq marosimlarni ommaviy miqyosda ötkaziş, Hayit namozini jamoat bölib ado etişga maʼlum darajada tösqinlik qilmoqda. Mavjud vaziyatni töğri tuşungan xalqimiz butun dunyodan uşbu ofatning tezroq ketişi, xalqimzning farovonligi va yurtimiz rivoji bundan ham ziyoda bölişini tilab duolar qilmoqda.
Muqaddas dinimizda insonlar doimo poklik va tozalikka buyurilgan. Asrlar oşa mana şu tamoyilga amal qilib kelayotgan xalqimiz bugun ham hovli va uy-joylar, köça va guzarlar, ovul va mahallar, qabriston va muqaddas qadamjolar saranjom-sariştaligi, obodligiga katta eʼtibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari va hukumatimizning hududlarni obodonlaştiriş, şahar va qişloqlarimiz qiyofasini tubdan yaxşilaş, xalqimiz uçun munosib turmuş şaroiti yaratiş borasida amalga oşirayotgan işlari ham ana şu ezgu maqsad bilan hamohangdir. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi nişonlanişiga oz fursatlar qolgan uşbu kunlarda quriliş va obodonlaştiriş işlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Aziz yurtdoşlar!
Fursatdan foydalanib uşbu muqaddas ayyom bilan barça vatandoşlarimizni, mömin-musulmonlarni çin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Yaratgandan yurtimizga tinçlik, xalqimizga salomatlik va farovonlik, oilalarimizga baxt-u saodat sörab duoga qöl oçgan har bir yurtdoşimizning duolari mustajob, niyatlari ijobat bölsin! Qilayotgan qurbonlik va ehsonlaringiz Olloh dargohida qabul, murodingiz hosil bölsin!
Qurbon hayiti barçamizga muborak bölsin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶