25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:18
Jamiyat 👁 416

QIPChOQ ShAHARChASIDA “HOJI EShON BOBO” JOMEʼ MASJIDI BINOSI QURILIShIGA TAMAL TOShI QOʻYILDI

QIPChOQ ShAHARChASIDA “HOJI EShON BOBO” JOMEʼ MASJIDI BINOSI QURILIShIGA TAMAL TOShI QOʻYILDI

Mavzuga oid fotolavhalar

Yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik hamda muqaddas dinimiz, bebaho qadriyatlarimizni asrab-avaylashga boʻlgan davlat darajasidagi eʼtibor sabab, muqaddas qadamjolar, masjidlarimiz koʻrkam qiyofa kasb etmoqda. Aziz avliyolar, olim-u ulamolar qoʻnim topgan ziyoratgoh maskanlar obodonlashtirilib, ziyoratchilarga sharoitlar yaratilmoqda.

24-iyul kuni Qipchoq shaharchasidagi “Hoji eshon bobo” jomeʼ masjidi binosi qurilishini boshlash uchun tamal toshi qoʻyish marosimi oʻtkazildi. Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Baxtjon Habibullayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoziyati qozisi Shamsuddin Bahouddinov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsafoyev va boshqa mutasaddilar, masjid jamoati ishtirok etdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish  ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hududlarda faoliyat yuritayotgan masjidlarning eski binolarini rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra hududlarda yangi masjidlar qurilmoqda. Eskilari qayta taʼmirlanib, yangidan rekonstruktsiya qilinmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida yana 15 ta masjid ish boshlashi arafasida boʻlib, yangidan qurilayotgan masjidlar soni koʻpaymoqda.

Qipchoq shaharchasida joylashgan ushbu “Hoji eshon bobo” jomeʼ masjidi ham katta yoʻli yoqasida joylashgan boʻlib, mahalliy yoʻlovchilarning ibodatlarini ado etib olishlari  uchun qulay joy hisoblanadi. Masjidning loy paxsadan tiklangan eski binosi 1989-yilda qurilgan boʻlib, 1-2 boʻlmadan iborat bu inshoot hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Shu bois, olti sotixdan ortiq maydonda hashar yoʻli bilan tadbirkorlar va xayriya qiluvchilarning homiylik yordami hisobiga qurilayotgan yangi masjid 1000 kishini sigʻdira oladigan katta xonaqoh, namozxona, tahoratxona, qoʻshimcha maʼmuriy xonalardan iborat boʻlishi rejalashtirilgan. Qoʻshimcha 80 sotix yer maydonida esa obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida ignabargli, manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekilishi, yashil maysalar bilan qoplanishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, taxminiy qiymati 3,5 mlrd. soʻmga yaqin boʻlgan loyihaga koʻra qurilayotgan ushbu yangi binoni tabiiy gaz va elektr, aloqa tarmoqlariga ulash, ibodatchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ham koʻzda tutilgan.

Tadbirda qatnashchilar bugungi kunda masjidlar kundan-kunga obod boʻlayotgani, sharqona uslubda qayta qurilib, chiroyli koʻrinishga keltirilayotgani, namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani, xalqimiz qulayliklarga ega, shinam masjidlarda emin-erkin ibodatlar qilayotganini mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi.

Marosimda Qurʼon tilovat qilindi va yangidan qurilishi boshlanayotgan masjid tez orada bunyod boʻlishi, ularda moʻmin-musulmonlar ibodatlar qilishini soʻrab duolar qilindi. Duoga qoʻl ochganlar ushbu masjidning to qiyomatgacha Alloh taologa ibodat qilinadigan, tarovehlar, xatmi Qurʼonlar, zikr-u tasbehlar qilinadigan sajdagoh, moddiy va maʼnaviy obod maskanga aylanishini tiladilar. Shundan soʻng, yigʻilganlar duo va ezgu niyatlar bilan ramziy qoziqni qoqib, masjid qurilishiga oq fotiha berdilar. 

Qipchoq shaharchasidagi Amudaryo daryosi ustida bunyod etilayotgan yangi va zamonaviy koʻprik yaqinida joylashgan ushbu masjid  tumanda ziyorat turizmi rivojlanishini taʼminlaydigan maskanga aylanib, hudud aholisining ibodatlari, diniy-maʼrifiy bilimlari, dunyoqarashi kengayishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026