Sayyor qabullarda muammolar öz yeçimini topmoqda
Mamlakatimizda Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak” tamoyili asosida keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Mazkur tamoyil davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişi etib belgilanib, joylarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari taşkil etildi hamda barça darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yölga qöyildi. Davlat idoralari insonlar muammolari, aholi ehtiyojlari va talablari asosida işlarni taşkil eta boşladi.
2021-yilning 23-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bu boradagi işlarni yanada rivojlantiriş, aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini yangiça taşkil qiliş çora-tadbirlari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazilgan bölib, yiğilişda oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlaş borasida tizimli işlar yölga qöyildi.
Xususan, joriy yilning 27-iyul sanasida Amudaryo tumani 1-sektor hududidagi Çoyköl ovulida ötkazilgan sayyor qabul ham şu maqsadga yönaltirildi.
Sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Baxitjan Habibullayev, Amudaryo tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev tumandagi davlat muassasalari, korxona-taşkilotlar rahbarlari hamda aholi vakillari iştirok etdilar.

Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari körib çiqildi. Qabul qilingan murojaatlarning aksariyati kadastr sohasiga oid, yer ajratiş töğrisida, moddiy yordam söraş, kredit oliş masalasi, tibbiyot sohasiga oid, bandligini taʼminlaş masalalari böyiça böldi.
Mazkur murojaatlardagi masalalar yuzasidan tegişli taşkilotlarga körsatma va topşiriqlar berildi. Şuningdek, qator masalalar şu yerning özida hal qilindi. Xususan, Pardagul Yuldaşevaning nevarasini davolatişda amaliy yordam beriş haqidagi, Şukurulla Nurimbetovning farzandiga moddiy yordam oliş hamda oziq-ovqat mahsulotlariga yetişmovçiligi böyiça qilgan murojaatlari şu joyning özida ijobiy hal qilindi.
Şu örinda aytiş kerakki, Prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida aholi murojaatlari bilan işlaşning bugungi holati vazirlik va hududlar kesimida muhokama qilinib, odamlarni murojaat qilişga majbur etayotgan muammolarni mahallaning özida bartaraf qiliş kerakligi taʼkidlandi. Buning uçun viloyat, tuman va şahar hokimlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilişga ajratişi, şuningdek, hokimliklarda kunlik qabul yölga qöyilişi belgilandi. Aholi töğridan-töğri tun-u kun murojaat qilişi uçun hokimlarning virtual qabulxonasi va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalarini taşkil etiş vazifasi qöyildi.
Mazkur vazifalarni amalga oşirişda tegişli mutasaddi rahbarlar oldindagi zarur çora-tadbirlarni belgilab olib, tizimli işlarni taşkil qilişmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶