21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 304

Uzumchilikni daromad manbasiga aylantirgan tomorqachi

Uzumchilikni daromad manbasiga aylantirgan tomorqachi

Tumanimizda qishloq xoʻjaligining barcha sohalarini, shu jumladan meva - uzumchilikni jadal rivojlantirish, tuproq unumdorligini yaxshilash, meva - uzum hosildorligini oshirish hamda ularni qish va bahor oylarida sifatli saqlash, halqimizning meva va uzum mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻla qondirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda tuman qishloq xoʻjalik korxonalarida jami 815 gektar bogʻ va 290 gektar uzumzorlar mavjud boʻlib, ushbu bogʻlardan joriy yil mavsumida 6687 tonna meva, 2949 tonna uzum hosili yetishtirish rejalashtirilgan. Sohibkor-bogʻbonlar yetishtirgan meva mahsulotlari Mangʻit dehqon bozorida savdo yarmarkalari orqali arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunda tumanda bogʻdorchilikka ixtisoslashgan 35 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari va 4 ta uzumchilikka ixtisoslashgan tadbirkorlik subʼektlari mavjud boʻlib, pakana va yarim pakana turdagi, yaʼni intensiv yangi mevali bogʻlar 154 gektarni tashkil etadi.

Tumanda meva eksporti hajmini koʻpaytirish hamda yurtimiz dasturxoniga sifatli va arzon meva mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida 2021-yilda Turkiya texnologiyasi asosida, jahon standartlariga mos keladigan 500 gektar yangi intensiv bogʻlar barpo etish rejalashtirilgan boʻlib, erta bahorda 28 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 461 gektar maydonda har xil turdagi mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

Bundan tashqari, 2021-2023-yillarda tumanimizda uzumchilikni rivojlantirish maqsadida 339 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 1000 gektar maydonda tokzorlar barpo etish maqsadida koʻchat yetkazib beruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzilib, bahor mavsumida yangidan 299,8 gektar tokzorlar barpo qilindi va kuz mavsumida yangidan tokzorlar barpo etish uchun qolgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda uzumchilikka ixtisoslashgan “Mangʻit Omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatida jami 11,7 gektar tokzorlar mavjud boʻlib, 2021-yil bahor mavsumida 5,2 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo qilindi va ayni paytda kuz mavsumida 6,5 gektar yangi tokzorlar barpo etish uchun maydonlarga ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda.  Bundan tashqari, aholi tomorqa xoʻjaliklarida ham uzumchilikni rivojlantirisha alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Uzumchilik, umuman olganda, bogʻdorchilik tumanimiz sohibkor-bogʻbonlari uchun yangilik emas. Mirishkor, usta sohibkor-bogʻbonlar azaldan bogʻ yaratish va undan moʻl hosil olib, oʻz xonadonlari uchun meva yetishtirishni daromad manbaiga aylantirishning hadisini olishgan. Tumanimizning qaysi hududiga bormang, albatta, har bir xonadon tomorqasining bir  qismida moʻʼjazgina mevazor bogʻni koʻrasiz.

Bu borada Qilichboylik tomorqachilarga teng keladigani yoʻq. Ayniqsa, bu hududda uzumchilik bilan  shugʻullanib, yuqori natijalarga  erishayotgan mohir sohibkorlar talaygina. Biz ijodiy guruhimiz bilan ovuldagi Jabborbergan ogʻa Mangliyev xonadonida boʻlganimizda, uning nafaqat tajribali tomorqa  yer egasi, balki uzumchilik boʻyicha  oʻziga yetarli bilimdon sohibkor-bogʻbon ekanligiga guvoh boʻldik.

20-25 sotix atrofidagi tomorqa yerida tartib bilan ekilgan sarxil mevalar koʻzni qamashtiradi. Hosili moʻlligidan shoxlariga tirgaklar qoʻyilgan anjir, olxoʻrining bir necha xil turi, olma, shaftolining eng sara navlari saf tortgan mevazor bogʻning hovliga tutash qismidagi uzum soʻritoklarida marjonday uzum tizilgan goʻra (gʻoʻla)larining sanogʻiga yetish qiyin.

Jabborbergan ogʻa farzandlari bilan har yili bahorda uzum toklarini alohida eʼtibor bilan ochib, soʻri bagʻazlariga novdalarini erinmay, avaylab bogʻlab chiqadi. Har bir tup uzum tokiga agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazadi. Ayniqsa, uzum toklariga oʻgʻit solish, zararkunanda hashoratlardan, turli kasalliklardan saqlash maqsadida belgilangan muddatlarda ishlov berib boradi. Natija esa kutilganidan ziyoda boʻladi. Unga bu ishlarda umr yoʻldoshi, 15-sonli maktab oʻqituvchisi Gavhar opa Qurbonboyeva hamda farzandlari yaqin koʻmakdosh.

Tomorqaning oila iqtisodini  koʻtarishdagi ahamiyatini yaxshi bilgan Jabborbergan ogʻa Mangliyevning nafaqat bogʻ-rogʻidan oladigan daromadi, balki mevali daraxtlar oralariga ekiladigan turli sabzavot, poliz ekinlari, chorvasi-yu parrandasi ham oila farvonligining asosiy  mezoniga aylangan. Jabborbergan ogʻa shu bogʻ-rogʻi, tomorqasi tufayli 4 nafar oʻgʻil-qizini kam-koʻstsiz voyaga yetkazgani, “Kobalt” rusumli avtomobil sotib olishgani, hovli-joyini koʻngildagiday qilib yasatib olishganini yashirmaydi.

Ayni paytda Jabborbergan ogʻaning tomorqasida uzumning toifi, xusayni, chillaki, charos, xirmoni, kishmish kabi navlari yetishtirilmoqda.

Ishkomlarda tizilib turgan uzum marjonlarini koʻrgan kishining dilida havas uygʻonadi. Yana uzogʻi bilan  ikki oydan soʻng Jabborbergan ogʻaning uzumzoridan kuzgi xirmon koʻtariladi. Sohibkor-bogʻbonning aytishicha, uzum gʻoʻralarini qishga saqlash uchun birma-bir osib qoʻyishar ekanlar. Gʻoʻralardagi mevalar soʻlib qolmasligi uchun gʻoʻralar bandiga tez-tez bitta uzum mevasini kiydirib qoʻyishsa, mevalar bahorgacha yangi uzilganday saqlanar ekan.

Jabborbergan ogʻa ayni kunda pishib-yetilgan husayni, xirmoni navli uzum mevalarini boshqa meva-chevalar qatori bozorga olib chiqmoqda. Bogʻ-rogʻdan xonadon gʻaznasiga har kuni daromad kelayotganidan ogʻaning kayfiyati baland.

Biz ham Jabborbergan ogʻaga tomorqada uzumchilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirayotgan ishlarida  yuksak unum va samaradorlik tiladik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026