YÖL-TRANSPORT HODISASI MAHALLA FAOLLARI IŞTIROKIDA MUHOKAMA ETILDI
Yöl qoidasi – umr foydasi, deb bekorga aytilmagan. Haqiqatan ham yöllarda yuriş, faqat belgilangan joylardan kesib ötiş,maxsus malakaga, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmay turib avtomotransport vositalarini boşqariş qoidalariga qatʼiy amal qilgan inson hayoti uçun heç qanday xavf-xatar tuğilmaydi. Aksinça, bu kabi qoidalarga eʼtiborsizlik bilan munosabatda bölgan inson ham, uning yaqinlari va atrofidagilar ham jiddiy zarar köriş bilan birga, özgalar hayotini xavf-xatarga qöyişadi. Yöl qoidasiga amal qilmaslik oqibatida sodir etilayotgan yöl-transport hodisasi oqibatida begunoh insonlar bevaqt hayotdan köz yumayotganini hisobga olsak, yöl qoidasiga amal qiliş harbir fuqaro uçun vazifalardan biri hisoblanadi.
Manğit şahrining Döstlik mahalla fuqarolar yiğini binosida bölib ötgan yöl-transport hodisalarining oldini olişga bağişlangan yiğilişda aynan ana şu masala, yaʼni yöl-transport hodisalari va ularning kelib çiqiş sabablari atrofliça muhokama etildi.
Yiğilişda tuman prokurori Javlon Muftullayev, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, prokuratura, Içki işlar bölimi masʼullari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosarlari, tumandagi korxona va taşkilotlar rahbarlari, Döstlik va Yangiobod mahallalarida istiqomat qiluvçi aholi vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişni Döstlik mahalla fuqarolar yiğini raisi Ilmira Ismoilova oçdi va olib bordi hamda yiğiliş kun tartibidagi masala - Manğit şahrining Döstlik mahallasi hududida 2021-yil 10-iyul sanasida yuz bergan yöl-transport hodisasi va uning oqibatlari xususida qisqaça töxtalib ötdi.
Şundan söng, tuman Içki işlar bölimi boşliğining sözga çiqib, 2021-yil 10-iyul kuni soat 10:00 larda Amudaryo tumani Döstlik mahallasi hududida joylaşgan çorrahada bir fuqaro tomonidan sodir etilgan yöl-transport hodisasi va unda jabr körgan fuqaroning tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlaşmasida uzoq vaqt davolangani, uşbu yöl-transport hodisasini sodir etgan fuqaroning ham, jabrlanuvçi va uning oila aʼzolarining ham ança qiyinçiliklarni boşlaridan ötkazişganlari haqida batafsil töxtalib ötdi. Mazkur holat yuzasidan tuman Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasiga asosan jinoyat işi qözğatilganligi maʼlum qilindi.
Uşbu jinoyat işi böyiça muhokamada iştirok etgan mahalla masʼullari mazkur hodisa natijasida jabrlanuvçining oilasi qiyin holatda qolganligini, olgan tan-jarohati yuzasidan jabrlanuvçi va uning oila-aʼzolari azoblanganligini, kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi hamda boşqa turdagi köngilsizliklar bölişining oldini olişda jamoatçilik vakillari tegişli masʼullar bilan birgalikda harakat qilişlari zarurligini, şuningdek, haydovçilar va piyodalar ham bu borada masʼuliyatli bölişlari yuzasidan tuşuntiriş işlari olib boriş foydali bölişini taʼkidladi.
Şundan söng, Amudaryo tuman içki işlar bölimi yöl harakati xavfsizligi bölinmasi boşliği, katta leylenant Dilşod Aminov tuman hududida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş böyiça bir qança işlar amalga oşirilayotganligini, olib borilayotgan işlar natijasida tuman hududida umumiy jinoyatçilik oldingi yillarga qaraganda ança kamayganini, bu boradagi profilaktik tadbirlarda mahalla faollari va keng jamoatçilik yaqindan yordam berib kelayotganligini va bundan keyin ham hamkorlik asosida iş yuritib, tumanimiz hududida jinoyatçilikning oldini oliş yuzasidan olib borilayotgan işlarni yanada takomillaştiriş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şuningdek, yiğilişda joriy yilning 3-avgust sanasida tumanimizning Örta qalʼa ovuli hududida yaşovçi yana bir yurtdoşimiz “Neksiya” rusumli transport vositasida Manğit-Gurlan yölining 76-kilometrida ğarbdan şarqqa tomon xarakatlanib borayotib yölning piyodalar yölakçasidan kesib ötayotgan yölovçi, Bosuv mahallasida yaşovçi fuqaroni urib yuborgani natijasida fuqaro oğir tan jarohati olib tuman tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilganini taʼkidladi.
Mazkur holat yuzasidan tuman tibbiyot birlaşmasining birlamçi maʼlumotnomasiga köra fuqaro boş miya oçiq jarohati, boş miya lat yeyişi oğir darajasi, öng boldir suyaklarining siljib sinişi, boşi, qöllari ezilib, jarohat olganligi va şifoxonada vafot etgani maʼlum qilindi. Mazkur holat yuzasidan ham Amudaryo tumani içki işlar bölimi tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegişli moddasiga asosan jinoyat işi qözğatilgan.
Yöl-transport hodisalari muhokamasiga bağişlangan yiğilişda mahalla faollari ham sözga çiqişib, yöl harakati qoidalarini tartibga soliş böyiça özlarining fikr va mulohazalarini bildirib, Manğit şahrining ayrim köçalari, xususan, Berdaq nomli köçada piyodalar yölakçasi yöqligini, uşbu markaziy köçada tirbandliklar köp bölişini aytişib, albatta markaziy köçalarda piyodalar yölakçalari bölişi zarurligini, bundan taşqari, Manğit dehqon bozori röparasiga ham svetafor örnatiş maqsadga muvofiqligini taʼkidladilar.
Yiğilişda muhokama etilgan masala yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar atrofliça tahlil etilib, tegişli qaror qabul qilindi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶