3 ta fuqarolar yiğinlariga mebel jamlanmalari topşirildi
Mamlakatimizda aholi muammolarini aniqlaş va hal etiş böyiça «mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla» tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etilib, mahallani xalq bilan davlat örtasida işonçli «köprik» bölişini amalda taʼminlaş, oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
9-avgust kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi binosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov iştirokida tumandagi ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari moddiy texnik bazasini yaxşilaş borasida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldaşev, bölim xodimlari hamda Qipçoq ovul, Çordar va Namuna mahalla fuqarolar yiğinlari masʼullari qatnaşdilar.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar xususida töxtalib, tumandagi Qipçoq ovul hamda Çordara va Namuna mahalla fuqarolar yiğinlarining moddiy texnik bazasini yaxşilaş maqsadida ularga mebel jamlanmalari, yaʼni xar bir mahallaga 1 ta rahbar stoli, 2 ta kompyuter stoli, 2 ta şkaf hamda 8 ta stul va kompyuter jamlanmalarini topşirdi.
Amudaryo tumanida joriy yilda tadbirkorlar tomonidan davlat-xususiy şerikçilik asosida Boy ovul va Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini binolari quriliş işlari olib borilmoqda. Şuningdek, tumandagi Toş yop, Tölqin, Bobur ovul fuqarolar yiğinlari binolarini mukammal taʼmirlaş işlari boşlab yuborilgan.
“Obod qişloq” dasturi doirasida Xitoy ovul fuqarolar yiğini binosini mukammal taʼmirlaş uçun jami 449 mln söm mablağ ajratilib, töliq taʼmirlaş işlari yakunlangan. Şuningdek, Jumurtov şaharça, Uyşin mahalla fuqarolar yiğinlari binolarini taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Qolaversa, tumandagi fuqarolar yiğinlarining samarali faoliyat yuritişlari uçun barça qulayliklar, şaroitlar yaratilgan. 49 ta fuqarolar yiğinlarida jami 162 ta kompyuter, 125 ta printer va 15 ta telefon apparati bilan taʼminlangan. 2021-yilning özida 24 ta fuqarolar yiğinlariga kompyuter, 20 ta fuqarolar yiğinlariga printer, 3 ta fuqarolar yiğinlariga konditsioner berilgan. Öz navbatida barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari yaratilgan şart-şaroitlardan unumli foydalangan holda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶