“Ayollar daftari” röyxatiga olingan ayollarga amaliy yordamlar körsatilmoqda
Mamlakatimizda kambağallikni qisqartiriş, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvataş, ularning har tomonlama farovon yaşaşlariga kömaklaşiş maqsadida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar tufayli yuzlab oilalar taʼminoti yaxşilanib, farovonligi taʼminlanmoqda. Navbatdagi lavhamiz şu mavzuda.
Amudaryo tumanida ham “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” röyxatlariga kiritilgan köplab fuqarolar yaratilgan şaroit va imkoniyatlardan unumli foydalanganliklari bois, mazkur daftarlar röyxatidan çiqib, öz tadbirkorlik yönalişlarini taşkil etib, özini-özi band qiliş tamoyili asosida faoliyat yuritişmoqda.
Xususan, Çoyköl ovulida istiqomat qiluvçi Laylo Ahmedova “Ayollar daftari” röyxatiga olinganiga hali köp vaqt bölgani yöq. Laylo tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi hamda tuman hokimligining qöllab-quvvatlaşi, Çoyköl ovuli masʼullarining beğaraz yordami bilan tumanimizdagi “Tamara tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupova tomonidan taşkil etilgan kasbga öqitiş markazida öqib, çevarlik, biçiş-tikiş sirlarini örganib, kasbiy malaka sertifikatiga ega böldi va 33 mln. sömlik kredit mablaği hisobiga öz xonadonida çevarlik ustaxonasini taşkil etdi.
Ayni paytda Laylo Ahmedova mahalladoşlari tomonidan tuşgan buyurtmalarni mohirlik bilan bajarişdan taşqari, bozor talablari asosida ayollar va bolalar ust kiyimlarini tikib, bozorga olib çiqmoqda. U özini-özi doimiy iş bilan bilan band qilganidan, kun sayin mijozlari safi oşayotganidan, bundan ham muhimi, oilasi farovonligi yaxşilanib, olingan kredit mablağini söndiriş imkoniyatiga ega bölayotganidan mamnun.
Qiliçboy ovulining Yuqori qişloq mahallasida istiqomat qiluvçi Maqsuda Ibragimova ham “Tamara tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyati filialida kasbga öqitilib, kasbiy malaka sertifikatiga ega bölganlardan. “Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan Maqsudaxon Ibragimova mazkur jamiyat filialida çevarlik sirlarini mukammal örgandi va ayni paytda şu korxona filiali çevarlari safidan joy oldi.
“Tamara tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyatining filialida doimiy iş bilan bandligi taʼminlangan Maqsuda Ibragimova ham “Ayollar daftari” röyxatidan çiqarildi.
Tumanimiz ovul va mahallalarida yuqorida kabi körsatilayotgan beğaraz yordamlar, yaratilayotgan şart-şaroitlar tufayli daftarlar röyxatidan çiqarilib, doimiy iş bilan bandligi taʼminlanayotgan ayol-qizlar talaygina. Manğit şahrining Gulzor mahallasida yaşovçi Barnoxon Kamolova ham ana şunday ayollardan biri. Barnoxon bank kredit mablaği olib, öz tadbirkorlik faoliyatini boşladi va bu orqali özining iş bilan bandligini taʼminladi.
Tumanimiz ovul va mahallalarida yaşovçi Barnoxon Kamolova kabi özini-özi iş bilan band qilib, oilasi farovonligiga hissa qöşayotgan, natijada qisqa fursat içida daftarlar röyxatidan çiqarilayotgan ayollar talaygina.
Ularga har tomonlama kömak körsatiş borasida amalga oşirilayotgan işlar esa özining ijobiy samaralarini bermoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶