PAXTA QABUL QILIŞ MASKANIDA YoNĞINNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA ÖQUV-MAŞQI ÖTKAZILDI
Bu yilgi paxta yiğim-terim mavsumi boşlanişiga ham oz fursat qoldi. Erta bahorda yerga qadalgan çigit dehqonning mehnati bilan unib-ösib, şu kunlarda möl hosildan nişona bera boşladi. Hademay oppoq oçilgan paxtalar mohir terimçilar yordamida terilib, qabul maskanlariga keltiriladi va baland xirmonlar kötariladi. Mavsum arafasidagi ayni kunlarda paxta qabul qiliş maskanlarida muhim palla oldidan tayyorgarlik işlari qizğin tusga kirgan.
Amudaryo tumanida ham paxta yiğim-terim mavsumini betalafot va samarali ötkaziş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, tasodifiy yonğinlarning oldini oliş va unga qarşi kuraşişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Paxta qabul qiliş maskanlaridagi yonğin öçiriş texnikalari körikdan ötkazilib, şay holatga keltirilmoqda.
Yaqinda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan Amudaryo paxta paxta qabul qiliş punktida kelib çiqişi mumkin bölgan yonğin holatlarining oldini oliş böyiça öquv maşqlari ötkazildi.
Ayoqçi mahallasi hududida joylaşgan uşbu maskanning umumiy yer maydoni 1 gektarga teng bölib, 17 ta bunt maydonçalarini öz içiga olgan. Hududga kiriş 2 ta asosiy darvoza orqali amalga oşiriladi. U yerda yonğin öçiriş avtomobillari harakatlaniş imkoniyatiga ega. Maskanda boş, maʼmuriy, maişiy va yordamçi xöjaliklar binolari, paxta, çigit va tayyor mahsulotlar omborlari, ustaxona, podstantsiya, tozalaş, press va arra tsexlari, quritiş barabanlari, ötxona, tarozixona, laboratoriya, qorovulxona, oşxona, pillaxona, köngilli yonğindan saqlaş deposi ham mavjud bölib, yonğinga qarşi jihozlar bilan taʼminlangan.
Tadbir doirasida barçani huşyorlikka çorlovçi va yonğin xavfsizligini tarğib qiluvçi eslatma va yöriqnomalar körinarli joylarga örnatildi. Mavsumni betalafot ötkaziş va jalb qilingan işçi-xizmatçilarning huşyorligini oşiriş böyiça maslahatlar berildi. Yonğin xavfsizligini taʼminlaşda yonğin xavfsizligi xizmatining jangovar şayligi muhim ahamiyatga ega bölganligi sababli maskandagi suv oliş gidrantlari va hovuzlarning sozligi körikdan ötkazildi.
Şundan söng, maskan hududida öquv maşqi maşğulotlari taşkil etildi. Maşğulotlar davomida bunt ustiga paxtani ortayotgan transportyor lentasidan uçqun çiqişi natijasida 2 ta buntda şartli ravişda sunʼiy yonğin keltirib çiqarildi. Yonğinni öçirişga tuman Favqulodda vaziyatlar bölimidagi 3- va 4-sonli yonğin qutqaruv qismidan 3 ta yonğin öçiriş ekipaji, maskanga qaraşli köngillilardan taşkil qilingan 1 ta yonğin öçiriş ekipaji iştirok etdi. Şunindek, qöşimça ravişda tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan 1 ta suv taşişga möljallangan avtotsisterna va boşqada hamkorlikdagi xizmatlar jalb qilindi.
Undan taşqari, Taxiatoş tumanining uzoq davom etuvçi yonğinlarni öçiruvçi tayanç maskani texnikalari töğrisida körgazmali ravişda tuşunçalar berildi. Maşğulotlarda şaxsiy tarkibning favqulodda yonğin sodir bölganda uni tez va talafotsiz bartaraf etişga qaratilgan könikmalari şakllantirildi.
Tabiat injiqliklarini yengib, ulkan maşaqqatlar evaziga yetiştirilgan va köpçilikning yordami bilan yiğib-terib olingan paxta xirmonlarini tasodifiy yonğinlardan asraş, imkon boriça şunday holatlar sodir bölişining oldini oliş lozim. Paxta xomaşyosi bilan boğliq obʼektlarda bu kabi tadbirlar, yonğin öçiriş amaliy taktik maşq va maşğulotlari ötkazilayotgani mavsumni betalofat ötkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶