HAR DARSDA +3
Dialog
– Hello! How are you? Can you speak English?
– Nima deyapsiz? Tuşunmadim.
– Privet, kak tebya zovut? Ti govoriş po russkiy?
– A....
Muammo
Hozirgi kunda istalgan maktab öquvçisiga şunday savollar bersangiz, aksariyatigina siz bilan muloqot qila oladi. Deyarli 90 foiz 4-5-sinf öquvçilari sizning nima deyayotganingizni tuşunmaydi ham, ayniqsa, qişloq joylarida... Hattoki, baʼzi maktab bitiruvçilari rus tilida özining qaysi maktabda öqişini aytolmaydi.
Faraz qilaylik, şunday bitiruvçilardan biri maktabni tugatdi. OTMga ham kirolmadi. Endi işlaşga ketadi yoki yollanib işlaydi, bu odatiy hol. Xöş, Rossiyada yoki Toşkentda işlamoqçi. Qayerda bölişidan, kim bölib işlaşidan qatʼiy nazar, til biliş bugungi kun talabi va ehtiyoji. Ammo bizda yuqoridagi holat...
Kim aybdor? Öquvçimi? Öquvçiga nimanidir çin dildan örgatsangiz, qabul qilib oladi. Qiziği şundaki, bu yerda öqituvçi ham aybdor emas. U ham öziga yuklatilgan rejani bajaradi, tamom.
Taklif
Mening fikrimça, öquvçi har bir darsga kirganida öqituvçisidan kam deganda 2 ta özi uçun yangi maʼlumotni bilib olsa, bu hayotda, albatta, asqotadi.
Hurmatli ustozlar, agarda siz ingliz yoki rus tilidan dars bersangiz, bittagina iltimosim bor. Haftada 2-martadan, yil davomida kamida 60 soat dars ötasiz. Imkoni bölsa, har bir darsingizda öquvçilaringizga qiyin emas, soddagina 3 ta gap örgatsangiz, yil davomida sinfingizdagilar 180 ga yaqin gap ayta oladi. Bu öquvçingiz uçun va siz uçun quvonarli bölişiga şubha yöq. Töğri, sinfda turfa xil öquvçilar öqiydi, ularni qiziqtira biliş endi sizning mahoratingizga boğliq. Umumtaʼlim maktabida öqituvçimiz aytgandilar: öqituvçi sermazmun dars ötişi uçun özi zerikarli darsni tinglab körişi hamda öquvçilarini zeriktirmaslik usullarini öylab topişi kerak.
Mana şunday qila olsangiz, sizga bölgan hurmatim yana ham oşar edi. Şunçaki, yangi şior: “Har darsda +3”.
Oddiygina taklif, lekin samarasi yaxşi böladi, deb öylayman.
Laylo OLIMOVA, ÖzJOKU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶