POÇTA ALOQA TIZIMI TAKOMILLAŞTIRILMOQDA
Insoniyat hayotida poçta xizmati qadimgi davrlardanoq muhim örin tutib kelgan. Butun dunyodagi kabi hozirga qadar yurtimizda ham poçta xizmatlaridan foydalaniş aholi kundalik hayotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Şu bois, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida poçta sohasi ham zamonaviylaştirildi.
Bugungi kunda Amudaryo tumani Poçta aloqa tarmoğida jami 26 nafar xodim aholiga xizmat körsatadi. Şundan 4 nafari Manğit şahri hududidagi aholiga xat-xabarlar, jönatmalar yetkazadi.
Şu yil 1-fevraldan boşlab, tuman Poçta aloqa tarmoqlariga qaraşli şahar markazida 4 ta joyda, yaʼni “Manğit Poçta aloqa tarmoği” va “Öztelekom” tuman filiali binosida, tuman IIB YHX bölinmasi binosi yonida hamda “Mikrokreditbank” binosi röparasida poçta aloqa xizmatlari operatorlari tomonidan xizmat körsatila boşladi. Undan taşqari, qişloq joylardagi hududlarda ham 9 ta aloqa bölimlari taşkil etildi. Hozirgi kunda Örta qalʼa, Kuyuk köpir, Xitoy, Bobur nomli, Çoyköl, Tölqin, Dörman, Qiliçboy, Nazarxon ovullari aholisi öz hududlaridagi poçta-aloqa tarmoği bölimlari xizmatidan foydalanadi.
Manğit poçta aloqa bölimlari 6 dona onlayn nazorat kassa maşinalari bilan taʼminlandi. Poçta xizmatçilari işini yengillaştiriş maqsadida esa 6 ta velosiped va 2 ta skuter berildi.
Undan taşqari, Respublikada 267 ta poçta aloqasi bölimi binosini taʼmirlaş rejaga kiritilgan bölsa, ular qatori mazkur yilda Amudaryo tumanida ham bölimning asosiy binosini zamonaviy körinişda qayta rekonstruktsiya qiliş va 7 ta aloqa bölimlar binolarini davlat-xususiy şeriklik asosida qayta quriş işlari davlat dasturiga kiritilgan. Şu paytga qadar tadbirkorlar bilan hamkorlikda taʼmirtalab va maʼnan eskirgan Çoyköl, Nazarxon, Örta qalʼa, Qiliçboy poçta aloqa bölimi binolari örniga davlat-xususiy şerikçilik asosida zamonaviy körinişdagi yangi bino quriş rejalaştirilgan.
B.Saidov, tuman Poçta aloqa tarmoği boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶