SAYYoR SUDDA YÖL-TRANSPORT HODISASIGA DOIR IŞ KÖRILDI
Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan oçiq sayyor sud ötkazilib, yöl-transport hodisasiga doir huquqbuzarlik böyiça iş körildi.
Şu yil 17-avgust kuni bölib ötgan uşbu sud majlisida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi, fuqarolar yiğini masʼullari va faollari iştirok etdi.
Sud davomida mazkur hodisani sodir qilgan huquqbuzarning davlat röyxatidan ötmagan, davlat raqami bölmagan, avtomototransport vositasini “Yul harakati koidalari”da körsatilgan talablarini buzib, xaydovçilik guvohnomasiz mast holatda, heç qanday hujjatlarsiz boşqarib kelayotgan vaqtida yöl patrul xizmati xodimlari tomonidan töxtatilganligi, tegişli tartibda tibbiy tekşiruvdan ötkazilganda mastlik holati aniqlanganligi maʼlum böldi.
Sudda huquqbuzar aybiga iqror bölib, spirtli içimlik içgan holatida mototransport vositasini boşqarib kelayotganida IIB YHXB inspektorlari tomonidan uşlanganligini va tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelinganligini aytdi. Qilgan işidan puşaymonligini ham aytib, öziga nisbatan yengilroq jazo tayinlaşni söradi.
Sud davomida işdagi mavjud hujjatlarni örganib çiqilib, huquqbuzarning harakatlariga huquqiy baho berildi. Özbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasining 2-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, tegişli jazo çorasi qöllanildi.
J.Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶