QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI SUDI SUDYaSI IŞTIROKIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Joriy yilning 21-avgust sanasida Amudaryo tumanidagi Navoiy nomli mahallada hamda Kuyuk köpir ovulida Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining sudyasi iştirokida sayyor qabul ötkazildi. Qabul jarayonida sudya Sultonmurod Davletmurodov iştirok etib, aholining sud-huquq tizimiga oid murojaatlarini örgandi.
Sayyor qabullardagi aholi vakillari bilan bölgan oçiq muloqotlar çoğida hududlardagi ayollarning hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sud-huquq sohasiga oid muammolari örganildi. Qabul jarayonlarida hududlardagi 8 nafar ayol-qizlarning muammoli masalalari yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlardagi masalalarning aksariyati voyaga yetmagan bolalar uçun alimentlar undiriş, aliment miqdorini köpaytiriş, nikohdan ajratiş, moddiy taʼminot undiriş, uy-joyni hujjatlaştiriş, zararni undiriş, kabi mazmunda böldi. Ayol-qizlarning qator murojaatlari qabul jarayonining özida huquqiy tuşuntirişlar beriş orqali hal etildi hamda vaqt talab qiladigan murojaatlarni hal etiş böyiça amaliy yordam beriladigan böldi.
Aytiş kerakki, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yeçim topiş uçun yanada qulay şaroit yaratiş maqsadida joylarda taşkil etilayotgan bu kabi oçiq muloqotlar aholining öz yeçimini kutayotgan qator muammoli masalalarini mahallaning özida hal etişga xizmat qilmoqda.
Şu örinda qayd etiş joizki, sönggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş çoralarini kuçaytiriş, odil sudlovni samarali taʼminlaş hamda sudyalar hamjamiyati rolini oşiriş böyiça izçil işlar olib borilmoqda. Amalga oşirilgan işlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qiliş darajasi yangi bosqiçga çiqdi.
Xususan, nohaq ayblangan fuqarolar oqlandi, adaşib jinoyat yöliga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilinişi mumkin bölgan yoşlar va xotin-qizlarga mahalla va jamoatçilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar tayinlanib, öz oilalari bağrida qoldirildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni soha rivojini yanada jadallaştirişda muhim dasturulamal bölmoqda.
Mazkur hujjat sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş, fuqarolarning odil sudlovga erişiş darajasini yuksaltiriş, işlarni sudda köriş sifatini oşiriş hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qiliş uçun taraflarning tengligi va tortişuvçanligini amalda taʼminlaş mexanizmlarini kengaytiriş kabi ustuvor vazifalarni amalga oşirişga xizmat qilmoqda.
Taʼkidlaş kerakki, joylarda sud raislari iştirokida taşkil qilinayotgan sayyor qabullar sudyalarning xalq bilan muloqotini taʼminlaşga, yuridik va jismoniy şaxslarning sud-huquq sohasidagi muammolarini yeçişda va ularni ijobiy hal qilişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶