YaNGI ÖQUV YILI OLDIDAN RESPUBLIKA ÖQUV-AMALIY SEMINARI ÖTKAZILDI
Şu kunlarda mamlakatimizdagi barça taʼlim-tarbiya muassasalarida yangi 2021-2022 öquv yiliga tayyorgarlik işlari nihoyasiga yetkazilib, boşlanajak yangi öquv yilida taʼlim tizimida kutilayotgan yangiliklar, innovatsion pedtexnologik loyihalar, jahon andozalariga mutanosib yangi uslubiy tajribalar va ularni amaliyotga tatbiq etiş yuzasidan öquv-seminar maşğulotlari va amaliy-öquv tajriba almaşuv seminarlari bölib ötmoqda.
Joriy yilning 24-avgust sanasida tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan amaliy-öquv seminari ham taʼlim-tarbiya sohasida röy berayotgan yangiliklar, soha mutaxassislarining yangi tajribalariga bağişlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan 2020-2021 öquv yili davomida taʼlim sifatini va pedagog kadrlarning salohiyatini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar natijasi hamda 2021-2022 öquv yilida “Taʼlim sifatini oşiriş va samaradorlikka erişiş” mavzusida ötkazilgan mazkur Respublika amaliy-öquv seminarida Amudaryo, Taxiatoş, Nukus tumanlari hamda Nukus şahar xalq taʼlimi bölimlarining taʼlim sifatini monitoring qiliş bölimi xodimlari, Xalqaro baholaş dasturlari böyiça tanyanç maktablarining öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari hamda umumtaʼlim maktablarining direktor örinbosarlari iştirok etdilar.

Zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalarni ommalaştiriş tajribasi va öqituvçilar bilan işlaşişda ular tomonidan tavsiya etilayotgan yangiça uslub va tajribalarni amaliyotga keng joriy etiş maqsadida taşkil etilgan amaliy-öquv seminarini tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismoilov oçdi va pandemiya şaroitida ötgan 2020-2021 öquv yili yakunlari hamda boşlanayotgan 2021-2022 yangi öquv yilida sohada kutilayotgan yangiliklar, tuman XTB tomonidan rejalaştirilayotgan amaliy tadbirlar xususida batafsil töxtalib ötdi. Şundan söng, kun tartibidagi “Pedagog kadrlarning salohiyatini oşirişga qaratilgan tadbirlar” va “Umumtaʼlim maktablarining maktab reyting jarayoniga qatnaşişning ahamiyati va undagi vazifalar” xususida Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining taʼlim sifatini monitoring qiliş bölimi boşliği Hamidulla Begdullayev, “Xalqaro baholaş dasturlari doirasida amalga oşirilgan işlar va tayanç maktablar oldida turgan vazifalar” töğrisida Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining taʼlim sifatini monitoring qiliş bölimi boş mutaxassisi Raxat Yerjanov, umumtaʼlim maktablarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi va “Xalq taʼlimi xodimlariga ustama haq belgilaşda tegişli normativ-huquqiy hujjatlar yuritiş töğrisida”gi masala yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining taʼlim sifatini monitoring qiliş bölimi boş mutaxassisi Rustam Uzaqbergenovlar qiziqarli maʼruzalar qildilar.

Amaliy-öquv seminari jarayonida malakali mutaxassislar tomonidan öqilgan maʼruzalar, berilgan taklif va tavsiyalar iştirokçilarda taassurot va qiziqiş uyğotdi va maʼruzalar yuzasidan muzokaralarda faol iştirok etişib, özlarini qiziqtirgan mavzular böyiça savollar bilan murojaat qildilar.
Seminar iştiroklari tomonidan tuşgan savollarga masʼul mutaxassislar batafsil javoblar berdilar.
Bölib ötgan amaliy-öquv seminari 2021-2022 yangi öquv yilini boşlaş arafasida turgan umumtaʼlim maktablarining mutasaddilari va soha mutaxassislari uçun tajriba almaşuv muhitini yaratgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶