21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 15:57
Jamiyat 👁 285

ISTIQLOLDA ŞARAF TOPGAN KASBIM-FAXRIM

ISTIQLOLDA ŞARAF TOPGAN KASBIM-FAXRIM

Yurtimizning har bir göşasida bayram şukuhi, istiqlolimizning 30 yillik tantanasi hukmron. Biz – öqituvçilar har yili mustaqillik darslarida istiqlolimizning har bir yilini sarhisob qilib sözlab beramiz. Hozirgi yoşlarga çöpçakdek tuyulgan qiyinçilik, qimmatçilik va qahatçilik yillari ayni haqiqatligini biz tengilar va yoşi kattalar juda yaxşi biladi. Balki şu sababdandir, şukronalikka, orzu bilan yaşaşga könikib qolgandik.
Allohga şukrki, yurtboşimiz Ş.Mirziyoyevning "... odamlar orzulari uşalişini yillar böyi kutmay, bugun baxtli yaşaşga haqli.. " degan eʼtirofi röyobga çiqdi. 2018-yilda köp yillik orzularim uşalib, kreditga uy oldim.
Öqituvçilarga berilgan imkoniyatdan foydalanib, 2019-yilda qaytadan 1-toifaga, bu yil oliy toifaga ötib oldim. 2019-yildan "Beş taşabbus" doirasida Qoraqalpoğistonda ötkazilib kelinayotgan "Millionermen" kitobxonlik tanlovlarida öquvçilarim bilan muntazam qatnaşa boşladim. Hayotimga yangiça mazmun, qiziqişlar kirib keldi.
27-yil deganda, bu yil ilk bora 20 soat töliq stavkada dars berişdi, yana uruş- janjalsiz deng. Ayrim hamkasblarim ajablanib "Bu yil özbek tili fani öqituvçilari urişmayapsizlar, tinçlikmi?" deb ham söraşdi. "Allohga şukur, adolatli dars taqsimoti haqidagi qonun jonimizga oro kirdi," dedim sevinçim içimga siğmay. Ha-da, atigi 4 soat bilan işga kirgan bölsam, har yil "Berilgan soatga rozi bölmasang, işni qöy, ana boşqalarday bozorga çiq," degan taʼnalarga çidab, maoşimni söraganlarning "Voy-böy, şugina maoş uçun işlab nima, sening örningda bölsam..." degan iddaolariga kulib, yengib kelganman. Hatto özimning tadbirkor aka- ukalarim işimdan voz keçsam, maoşimdan köproq pul tölaşlarini neça marta aytişsa, şunça rad qilganman. Lekin öqituvçilik kasbi har yerga urilganida xörligim kelardi.
Öqituvçini kimlar kamsitmadi özi?! Neça yillar bir qop unga yetar-yetmas maoşga işladik, ota-onalarning "Bolamni urişma", degan döq-pöpisalariga boş egdik, paxta terdik, namunali uylar qurilişida işladik, uyma-uy yurib odamlarning yaşaş şaroitini daftarga yozib yurdik, öquvçi taʼtilda yo darsdan böş vaqtlarida biron nojöya iş qilsa ham biz balogardon böldik, maktabni bitirgan öquvçilarimizni ham beş yilgaça biz nazorat qildik, tonggi soat 5 da maktabga yiğilib, pulimizga avtobus yollab, birovlarning paxtasini ötab berardik, yagana qilardik, qatqaloğini yumşatardik. "Yöq" deb ham köring- çi?! Sevimli işidan ayrilişni istamaganlar hammasiga rozi bölib, "Xöp", deb kelişdi. Rozi bölmaganlar taʼlim sohasini tark etişdi. Taʼlimda qolganlarning köpçiligi qöşimça tadbirkorlik qilib, hatto bozorda aravakaşlik qilib, hozirgi yoruğ kunlarimizga yetib kelişdi.
Ayniqsa, keyingi beş yilda öqituvçilarning yelkasiga oftob tegdi. Qonun himoyasida taʼlimdan boşqa yumuşlardan ozod qilindi, ortiqça qoğozbozliklarga çek qöyildi, çin maʼnoda fikr erkinligi berildi. Eng muhimi, köp yillik orzulari uşaldi: imtiyozli kredit asosida uy-joy, avtomobil, telefon, kompyuter va boşqa uy-rözğor jihozlarini sotib olişdi, navbatdan taşqari attestatsiya imkoniyatidan foydalanganlar 4-5-yilda oliy toifali öqituvçi maqomiga erişdi, oylik maoşlar ança oşdi.
Mana bu yil tumanimizda ikki öqituvçi 100 foizlik ustamaga loyiq körildi. Ulardan biri – Şerzod Aşirov maktabimiz faxri, "Xalqaro Pisa tadqiqotlari" böyiça trener, matematikadan iqtidorli öqituvçi.
Bugungi kunda maktabimizda 12 nafar oliy toifali, 20 nafar 1-toifali, 39 nafar 2-toifali, 28 nafar mutaxassis öqituvçi dars beradi. Maktabimiz direktori –Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq öqituvçisi Sanobar Xöjamurodova özbek tili va adabiyot, Şerzod Aşirov matematikadan, Nurbek Jumaniyozov ingliz tilidan, Nafisa Mamutova biologiyadan, Sarvar Yaxşimov fizikadan eng yaxşi öqituvçi sifatida nafaqat maktabimizda, balki tuman miqyosida tan olingan, xizmati singgan öqituvçilardir. Fan olimpiadalarida ham maktabimiz öquvçilari ingliz tili, fizika, rus tili, informatika, kimyo va biologiya fanlaridan tuman bosqiçi ğoliblari bölib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faol qatnaşib kelmoqdalar.
Maktabimiz jamoasi erişgan barça yutuqlarda ustozlarning ustozi, jamoamiz işonçi, suyançi va tayançi bölmiş direktorimiz Sanobar Xöjamurodova va öquv işlari böyiça direktor örinbosari Yunusova Gulçehra opalarning hissalari beqiyos deb bilaman. Ular doimo yangilik va yutuqlarga ruhlantirib, ögit-maslahatlarini ayamaydilar. Özlari, sözlari, hayot yöllari ibrat böladigan, nimaiki, sörasang erinmay tuşuntiradigan, qölidan kelgan yordamini ayamaydigan, hammaning köngliga yöl topa oladigan fidoyi ustozlarimiz soğ-omon yursinlar.
Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz esa iqbolimiz va istiqbolimiz bölsin!

Hulkaroy Xöjaniyozova, 40-sonli maktabning oliy toifali

özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi.
 

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026