Yoşlar iştirokida “Harbiyçasiga 50 qadam!” şiori ostida marafon ötkazildi
Özbek xalqining ajoyib orzu-niyatlari bor-da. Oilada öğil farzand dunyoga kelsa: “Öğil muborak!” deyişdan oldin “askar qutluğ bölsin!” deya biri-birini tabriklaşadi. Ana şu ezgu tilakning zamiridaxalqimizning ulkan orzulari, ezgu niyatlari mujassam. Onaning köngli xotirjam, otaning kökragi baland böladi bundan va öğil ulğaygan sari, ona yurtiga sodiq farzand tarbiyalaş orzusi bilan yaşaydilar. Şuning uçun hamsevimli şoirimiz Ğafur Ğulom: “Yigit omon bölsa xavf-u xatar yoq”, deb baralla kuylaganlar. Böyga yetgan öğlonlarning deyarli barçasi ona Vatan himoyaçisi böliş, heç bölmasa, bir marta harbiy libos kiyiş orzusida yaşaşadi. Buni biz – Amudaryo tumanidagi DXX çegara qöşinlari tomonidan turli bayram sanalarida ötkazilayotgan bayram tadbirlarida kuzatib, yoşlarning qalbidagi vatanparvarlik, ona yurtiga sadoqat tuyğularining kuçliligidan faxrlanamiz.
Mustaqilligimizning şonli 30 yilligiga bağişlab, DXX çegara qöşinlari zobit va askarlari tomonidan Qiliçboy mavzesidagi Qiliçboy OFY hamda Ayoqçi MFYlarida istiqomat qiluvçi yoşlar va ularning ota-onalari, keksa avlod vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda mustaqil Vatanimizning buguni va kelajagi haqida söz yuritildi. Ayniqsa, harbiy zobitlar mamlakatimizda yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroit va imkoniyatlar, ularning harbiy sohani egallaşlari uçun mavjud oliy harbiy bilim yurtlari, maxsus litseylar, “Temurbeklar maktabi” va ulardagi jahon andozalariga mos olib borilayotgan öquv maşğulotlari haqida yoşlarga keng tuşunça va maʼlumotlar berdilar hamda yoşlar bilan samimiy muloqot ötkazdilar.
Şundan söng, yoşlarni jismonan baquvvat, kuçli va irodali bölişga undovçi “Harbiyçasiga ellik qadam!” şiori ostida harbiy safda qadam taşlab yuriş böyiça marafon taşkil etilib, unda Qiliçboy OFY va Ayoqçi MFYda istiqomat qiluvçi barça xohlovçi yoşlar iştirok etişdi. Marafon özaro ahillik, jangovorlik va vatanparvarlik ruhida ötdi. Tadbir yakunida eng faol iştirokçilarga DXX çegara qöşinlasri qöriqlaş brigadasi komandiri nomidan taşakkurnomalar taqdim qilindi.
Yoşlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik ğoyalariga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, jismonan baquvvat hamda ularning kuçli iroda egalari sifatida kamol topişlariga kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan mazkur tadbir iştirokçi yoşlar qalbidagi harbiy hayotga havasni yanada kuçaytirgani bilan ahamiyatli böldi.
Otabek Mahmudov, DXX çegara qöşinlari harbiy ximatçisi, 1-darajali serjant.
Foto: https://milliygvardiya.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶