UÇRAŞUVLARDA AHOLIGA QONUNÇILIKDAGI YaNGILIKLAR VA ÖZGARIŞLAR TUŞUNTIRILDI
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi M.Kamolov tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpoğiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlaş, jinoyatçilik profilaktikasini yanada takomillaştiriş, odil sudlovni taʼminlaş va korruptsiyadan holi hududga aylantiriş böyiça” Yöl xaritasining 24-bandi ijrosini taʼminlaş maqsadida sud masʼullari tomonidan tumandagi Navoiy nomli, Çordara, Gulzor mahallalarida istiqomat qiluvçi aholi bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Uçraşuvlar davomida aholiga jinoyatçilikning oldini oliş, uni sodir etişning oqibatlari, odam savdosi va poraxörlik jinoyatlariga birgalikda kuraşiş böyiça tuşuntçalar berildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş maqsadida qonunçilikdagi yangiliklar va özgarişlar xususida maʼlumot berib ötildi. Jumladan, Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, şuningdek, “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati böyiça tarğibot işlari amalga oşirildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶