KIÇIK HAJMLI KEMALARNI RÖYXATDAN ÖTKAZIŞ QOIDALARI TASDIQLANDI
“Kiçik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanişni taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan kiçik hajmli kemalarni röyxatdan hamda texnik körikdan ötkaziş qoidalari tasdiqlandi.
Şunga köra kiçik hajmli kema – asosiy dvigatellari quvvati 55 kVt (75 ot kuçi) va yölovçi siğimi 12 kişidan ortiq bölmagan öziyurar kemalar, osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk kötariş qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq bölmagan öziyurmas kemalar (eşkakli qayiqlar va suv velosipedlari), yelkanli kemalar havo bosimi bilan töldiriladigan yoki şişiriladigan motorsiz eşkakli qayiqlar egalari hamda jismoniy yoki yuridik şaxs kiçik hajmli kema xarid qilganda texnik holatidan qatʼiy nazar, röyxatdan ötkaziş uçun tegişli hududiy boşqarmaga 30 iş kunida murojaat etadi.
Kemani röyxatdan ötkazişni Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Kiçik hajmli kemalar” axborot tizimi orqali ham amalga oşiriş mumkin.
Arizalar 1 iş kunida körib çiqiladi. Şunga köra, kiçik hajmli kema dastlabki texnik körikdan ötkaziladi va kema bileti rasmiylaştiriladi.
Kemalarni röyxatdan ötkaziş uçun tölovlar undiriladi. Motorli kiçik hajmli kemalarni röyxatdan ötkaziş (qayta röyxatdan ötkaziş) – BHMning 20 foizi, motorsiz kiçik hajmli kemalarni röyxatdan ötkaziş (qayta röyxatdan ötkaziş) – BHMning 10 foizi, kema bileti dublikatini beriş – BHMning 10 foizi miqdorida tölovlar amalga oşiriladi.
Röyxatdan ötkazilmagan kemalardan foydalaniş taʼqiqlanadi.
B.Tajiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi FVDT va FM bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶